Daniya boş vaziri Mette Frederiksen AQŞ vitse-prezidenti Jyeyms Devid Vensning qirollik Grenlandiya xalqi uçun yaxşi iş qilmagani va Arktika mintaqasi xavfsizligiga juda kam sarmoya kiritgani böyiça ayblovini rad etdi. Xavfsizlik masalasida Daniya «amerikaliklar bilan keça-yu kunduz hamkorlik qilişga» tayyor, deb ta’kidladi Frederiksen 29 mart, şanbaga ötar keçasi.
Tramp AQŞ Grenlandiyani qöşib olişiga işonyapti
Amerika Qöşma Ştatlari Grenlandiyani anneksiya qiladi, Donald Trampning bunga işonçi komil. 13 mart kuni Oq uyda NATO boş kotibi Mark Ryutte bilan uçraşuvda AQŞ prezidenti orolning anneksiya qilinişi mumkinligi haqidagi savolga «Öylaymanki, şunday böladi», deb javob berdi. «Bizga bu (Grenlandiya) xalqaro xavfsizlik uçun kerak», deb tuşuntirdi Tramp. U, şuningdek, Ryutte Grenlandiyaning AQŞga qöşilişida «muhim rol» öynaşiga işonç bildirdi.
Öz navbatida, Mark Ryutte «NATOni bu masala böyiça muhokamalarga tortmoqçi emasligini» aytdi, lekin Rossiya va Xitoyning uşbu mintaqaga qiziqişi ortib borayotganligi sababli Arktika xavfsizligi uçun Grenlandiya muhimligini tan oldi.
Grenlandiyani öz içiga olgan Daniya parlamentining mudofaa qömitasi raisi Rasmus Yarlov özining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida AQŞning orolga da’volari «ikki NATO davlati örtasida uruşga» olib kelişi mumkinligini yozdi va Mark Ryuttening Tramp bilan uçraşuvdagi xatti-harakatlarini ham tanqid qildi. «Grenlandiya Daniyadan darhol mustaqillikka qarşi ovoz berdi va heç qaçon Amerikaniki bölişni xohlamaydi», deya qöşimça qildi Yarlov.









