Çet ellik sayyohlarni respublikaga keng jalb qiliş maqsadida 90 dan ortiq xorijiy davlatlar, jumladan, Malayziya fuqarolari uçun vizasiz rejim amal qilişi qayd etildi.
2025 yil 4-5 fevral kunlari Malayziyaga oliy darajadagi taşrif doirasida Pinang ştatida "Özbekiston-Malayziya turizm forumi" muvaffaqiyatli ötkazilganligi, "Umra plyus Özbekiston" dasturlari doirasida malayziyalik ziyoratçilarni respublikaga jalb qiliş böyiça bir qator işlar amalga oşirilayotganligiga alohida e’tibor qaratildi.
Iştirokçilarga respublika turkompaniyalari tomonidan taqdim etilayotgan sayyohlik xizmatlari, Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toşkent şahrining turizm dasturlari, "Umra plyus Özbekiston", "ziyorat turizm" kabi turpaketlar haqida ham aytib ötildi.
"Umra plyus Özbekiston" dasturi doirasida malayziyaliklarning umra ziyoratidan oldin tört kun davomida Toşkent va Samarqand şaharlariga taşrif buyurişlari közda tutilgan.
Uzbekistan Airways aviakompaniyacining Kuala-Lumpurdagi vakolatxonasi vakillari öz taqdimotlarida bugungi kunda Toşkent va Kuala-Lumpur şaharlari örtasida töğridan töğri aviaqatnovlar mavjudligini ta’kidladilar.
Ikki mamlakat turoperatorlarining B2B şaklidagi uçraşuvlari doirasida "Umra plyus Özbekiston" turpaketi sotuvini Malayziyada keng yölga qöyiş orqali mamlakatga sayyohlar oqimini oşiriş böyiça aniq kelişuvlarga erişildi.









