28 mart kuni Myanma va Tailand hududida yuz bergan kuçli zilzila oqibatida jabrlanganlar orasida Özbekiston fuqarolari qayd etilgani yöq. Bu haqda 28 mart kuni Özbekistonning Bangkokdagi Boş konsulxonasi xabar berdi.

Qayd qilinişiça, «diplomatlar mamlakatning tegişli idoralari bilan aloqada bölib, vaziyatni huşyorlik bilan kuzatmoqda».

28 mart kuni Myanma hududida 7,7 magnitudali kuçli zilzila sodir böldi. AQŞ Geologiya xizmati ma’lumotiga köra, yer silkinişi markaziy nuqtasi Mandalay şahridan 17,2 kilometr joyda, 10 kilometr çuqurlikda qayd etilgan.

Yer silkinişi Tailand, Bangladeş, Hindiston, Xitoy va Laos hududlarida ham sezilgan.

Myanmada halok bölganlar soni mingdan oşgani xabar qilindi, Tailandda ham önlab qurbonlar qayd etilgan. Qutqaruv işlari davom etmoqda, qurbonlar soni yanada ortişi mumkin.