Ukrainadagi uruşda halok bölgan rossiyalik askarlarning soni 100 mingdan oşdi. Buni Britaniyaning VVS media kompaniyasining rus xizmati, "Mediazona" va köngillilar jamoasi tuzgan hamda 28 mart, juma kuni yangilangan röyxatlar körsatmoqda. 

Jurnalistlarning sözlariga köra, naşrdan söng «faqat bitta aniq uydirma nekrolog» topilgan. Şu bilan birga, yana 10 269 ta nekrolog tekşirilmoqda.

2022 yilning 24 fevralidan 2025 yilning 25 martigaça kamida 100 001 harbiy halok bölganligi tasdiqlangan.

Xabarga köra, eng köp qurbonlar Boşqirdiston (4487), Tatariston (4371), Yekaterinburg (3446), Kuban (3065) va Çelyabinsk (3005)dan bölgan.

Jurnalistlar: Köngillilar eng katta yöqotişlarga duçor bölmoqda 

2022 yil yoz boşidan to kuzning örtalarigaça köngillilar eng katta yöqotişlarga uçradi, deya ta’kidlaydi jurnalistlar. Ularning ma’lumotlariga köra, 2022 yil oxiri va keyingi yil boşiga kelib, "Vagner" guruhi tomonidan yollangan mahbuslar orasida yöqotişlar sezilarli darajada oşgan, ular Baxmut yaqinidagi Ukraina pozitsiyalariga hujum qiliş uçun «hujumkor guruhlar»ni yaratiş uçun foydalanilgan.

2024 yil sentabriga kelib köngillilar yana halok bölganlar orasida eng katta toifaga aylandi, deydi tahlilçilar. 28 martgaça Rossiya armiyasi va boşqa xavfsizlik kuçlarining 4800 dan ortiq zobiti halok bölgani tasdiqlandi, deb yozadi "Mediazona".

Jurnalistlar ommaviy axborot vositalaridagi nekrolog, yaqinlarning ijtimoiy tarmoqlardagi postlari, mahalliy rasmiylar va boşqa manbalardan olingan xabarlarni ölimning tasdiği deb hisoblaydi. Avvalroq "Meduza" VVS, "Mediazona" va köngillilar öz röyxatiga boşqa davlat fuqarolarini kiritmagani, şuning uçun ularning tadqiqotlari «DXR» va «LXR» deb ataluvçi hududlardan bölgan harbiy xizmatçilar, şuningdek, Ukrainada Rossiya Federatsiyasi tomonida jang qilayotgan Şimoliy Koreya askarlari va boşqa xorijiy yollanma askarlarni qamrab olmaganini ta’kidlagan edi.