28 mart kuni Toşkentda Özbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibiyati va Qozoğiston Xavfsizlik kengaşi apparati örtasida maslahatlaşuvlarning yettinçi raundi bölib ötdi.
Özbekiston Xavfsizlik kengaşi kotibi Viktor Mahmudov va Qozoğiston Xavfsizlik kengaşi kotibi Gizat Nurdauletov raisligida ötgan muzokaralarda ikki davlat içki işlar, mudofaa, favqulodda vaziyatlar vazirliklari, xavfsizlik xizmatlari, şuningdek, diniy işlar böyiça qömitalar rahbarlari va vakillari iştirok etdi.
Maslahatlaşuvlar çoğida xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmning oldini oliş va ularga qarşi kuraşiş, huquq-tartibotni ta’minlaş, transmilliy uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlikni çuqurlaştiriş, favqulodda vaziyatlarning oldini oliş va ularni tezkor bartaraf etiş masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, huquqiy bazani takomillaştiriş va idoralararo hamkorlikning ikki tomonlama iş mexanizmlarini işlab çiqiş niyatlarini tasdiqladi.
Muzokaralar yakunlari böyiça imzolangan bayonnomada xavfsizlik sohasida hamkorlikni çuqurlaştiriş va kengaytiriş çora-tadbirlari belgilandi.









