Rossiya Markaziy banki iqtisodiyotdagi «xavfli ssenariy» röyobga çiqqan taqdirda bank tizimining barqarorligini baholaş uçun stress-sinov ötkazdi. Bu haqda RF MB juma kuni Davlat Dumasiga kiritilgan yillik hisobotida ma’lum qildi.

Markaziy bank tekşirgan tayyorgarlik şaroiti quyidagilarni öz içiga olgan: sanksiyalarning kuçayişi, jahon iqtisodiyotida tanazzul va neft narxining, jumladan, Brent navli neft uçun barreli 49 dollargaça tuşib ketişi sinalgan. Bu esa joriy darajalarga nisbatan 33 foizlik pasayiş demakdir.

«Xavfli ssenariy»da (u «2024–2026 yillar uçun pul-kredit siyosatining asosiy yönalişlari»da bayon etilgan), Rossiya iqtisodiyoti eksportdan 150 mlrd dollardan ortiq daromaddan mahrum böladi, umumiy eksport hajmi esa 266 mlrd dollargaça tuşadi — bu 2005 yildan beri eng past daraja. Import hajmi 200 mlrd dollargaça kamayadi — bu sönggi ön yildagi eng past körsatkiç. YaIM retsessiyaga yuz tutadi va bir yilda 3,5 foizga yöqota boşlaydi.

MB hisobotida ta’kidlanişiça, bank tizimi bunday inqirozga doş bera oladi. «Sönggi yillarda banklar tomonidan töplangan kapital zaxiralari ularning köpçiligiga stress tufayli kelib çiqadigan yöqotişlarni ança darajada qoplaş imkonini beradi. Kapital yetarliligi jami 2,8 foizga pasayişi mumkin, biroq umumiy holda 9,6 foiz darajasida saqlanadi, bu esa minimal me’yordan yuqori», — deyiladi regulyator bayonotida.

Stress-sinovda Rossiyaning 27 ta eng yirik banki iştirok etdi va ularning asosan yirik kompaniyalardan ibora eng yirik 400 ta qarz oluvçi mijozlari tahlil etilgan.

Markaziy bank tomonidan Rossiya hukumatiga 2024 yil fevralida taqdim etilgan yopiq hisobotda ta’kidlanişiça, neft narxining uzoq muddatga keskin tuşişi AQŞ va OPEC davlatlari tomonidan qazib çiqarişni oşiriş rejalari sababli Rossiya iqtisodiyoti uçun haqiqiy tahdidga aylanişi mumkin. OPEC davlatlarining erkin quvvati — kuniga 5 mln barrel jahon bozorida Rossiya neftini töliq almaştirişga yetadi. Bunday holat 1980-yillarning örtasida ham kuzatilgan — öşanda Saudiya Arabistoni neft işlab çiqarişni uç barobar oşirgan va narxlarni 30 dollardan 10–15 dollargaça tuşirgan. Bu holat sovet ittifoqida keskin valuta inqirozini keltirib çiqargan va mamlakat olti yil ötib bankrotga uçragan hamda uning parçalanişi bilan tugagan edi.