Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga yangi modda qöşilişi mumkin. 27 mart kuni Içki işlar vazirligi tegişli qonun loyihasini jamoatçilik muhokamasiga qöydi.
Loyihada kodeksga “tonirovka” böyiça quyidagi mazmundagi yangi 126-1-moddani kiritiş taklif etilgan:
“126-1-modda. Oynalar tusini özgartiriş (qoraytiriş) uçun tegişli ruxsatnomada körsatilgan talablarni buzib transport vositalaridan foydalaniş
Oynalar tusini özgartiriş (qoraytiriş) uçun tegişli ruxsatnomada belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik – BHMning bir baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi”.
BHMning 1 baravari hozirda 375 ming sömga teng.
Bugungi kunda Özbekistonda BHMning 8 baravari (3 mln söm) tölov qilib, maşinaning old yon oynalari tusini özgartiriş mumkin. Ruxsatnoma my.gov.uz portalidan onlayn olinsa, tölov miqdori çegirma bilan 2,7 mln söm böladi.
Bu ruxsatnomada belgilangan me’yorga köra, old yon oynalar tusini 30 foizgaça qoraytiriş mumkin.
YHXX matbuot kotibi Zoyir Yöldoşevning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, amaliyotda ruxsatnoma olganidan keyin oynalarni 50 foiz va 100 foizgaça qoraytiriş holatlari uçramoqda.
Bunday vaziyatda, amaldagi MJtKning 126-moddasi (közgusimon yoki qoraytirilgan oynali transport vositalaridan ruxsatnomasiz foydalanganlik) asosida, BHMning 25 baravari miqdorida (hozirgi kunda 9 mln 375 ming söm) jarima qöllanmoqda.
“Bir neça millionga “tonirovka” uçun ruxsatnoma olsa-yu, lekin yana tonirovkasi yöqlardek, BHMning 25 barobari miqdorida jarima tölaşiga töğri kelsa, bu adolatsizlik böladi, deb hisobladik.
Şuning uçun tonirovka ruxsatnomasida belgilangan me’yorlarga amal qilmaganlar uçun alohida, BHMning 1 barobari miqdorida jarima qöllaş böyiça taşabbus bildirib, şu loyiha işlab çiqildi.









