Turkmaniston poytaxti Aşxobod şahrida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo taşqi işlar vazirlarining 20-yiğilişi bölib ötdi. Unda Özbekiston, Tojikiston va Turkmaniston taşqi işlar vazirlari, Qozoğiston va Qirğiziston taşqi işlar vazirlari örinbosarlari, şuningdek, Yevropa Ittifoqining taşqi işlar va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili Kaya Kallas iştirok etdi.

Uçraşuvda xavfsizlik, energetika, suv resurslari va inson huquqlarini himoya qiliş böyiça hamkorlikni mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi. Xususan, Afğonistonni qöllab-quvvatlaş, iqlim inqiroziga qarşi kuraş va Transkaspiy yölagini rivojlantirişga qaratilgan strategik taşabbuslar örtaga taşlandi.

Yiğiliş kun tartibiga 3-4 aprel kunlari Samarqandda bölib ötadigan Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi birinçi sammitiga tayyorgarlik masalasi ham kiritildi.

Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi taşqi siyosat idoralari rahbarlari xavfsizlik, energetika, suv resurslari va inson huquqlarini himoya qiliş böyiça hamkorlikni mustahkamlaşga kelişib oldi. Şuningdek, Afğonistonni qöllab-quvvatlaş, iqlim inqiroziga qarşi kuraş va Transkaspiy yölagini rivojlantiriş muhimligi ta’kidlandi.

Barqaror rivojlaniş va tinçlikni ta’minlaş maqsadida BMT nizomi va xalqaro huquqning asosiy tamoyillariga sodiqlik, davlatlarning xalqaro tan olingan çegaralari doirasida mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilişga qat’iy qöllab-quvvatlaş bildirildi.

Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi Yadro qurolini tarqatmaslik töğrisidagi şartnoma, Kimyoviy qurollarni taqiqlaş va yöq qiliş töğrisidagi konvensiya hamda Yadro sinovlarini yalpi taqiqlaş töğrisidagi şartnomaning kuçga kirişini qöllab-quvvatlaşini tasdiqladi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uçraşuvlari orqali yaxşi qöşniçilik, özaro anglaşuv va işonçni mustahkamlaş böyiça sa’y-harakatlari yuqori baholandi. Yevropa Ittifoqining Global Gateway strategiyasi, Team Europe taşabbusi va Yevropa moliya institutlarining iştiroki orqali qöllab-quvvatlaşga sodiqligi e’tirof etildi.

Navbatdagi Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi iqtisodiy forumini 2025 yilda Özbekistonda ötkaziş masalasi körildi. Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo mamlakatlarida işbilarmonlik muhitini yaxşilaş, Yevropa bozoriga kiriş imkoniyatlarini oşiriş va xalqaro savdo aloqalarini kuçaytirişga e’tibor qaratadi.

Global Gateway strategiyasi doirasida savdo, transport, suv resurslari, energetika, iqlim özgarişi, raqamlaştiriş va muhim xomaşyo kabi sohalarda hamkorlikni kengaytiriş, şuningdek, ta’lim, tadqiqot va barqaror turizmni rivojlantiriş zarurligi ta’kidlandi.