Kiyevda Ukrainaga tinçlikparvar kuçlarni yuborişga tayyor bölgan davlatlar boş ştablari vakillari bilan uçraşuv bölib ötadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 28 mart, juma kuni bölib ötgan brifingda ma’lum qildi. U gap «juda tor doiradagi davlatlar», jumladan, Buyuk Britaniya va Fransiya haqida ketayotganini ta’kidladi, deb yozadi «RBK Ukraina».

Zelenskiyning sözlariga köra, uçraşuv bir hafta içida bölib ötişi kerak. «Biz öz infratuzilmamizni körsatamiz, hamkorlar bilan işlaymiz va umumiy qaraşlarimizni işlab çiqamiz. Şundan söng zudlik bilan harbiy darajada emas, balki milliy xavfsizlik böyiça maslahatçilar darajasida uçraşuv ötkazilişiga kelişib oldik», — deya qöşimça qildi u.

Britaniya boş vaziri Kir Starmer 15 mart kuni Yevropa Ittifoqi yetakçilari va NATO vakillarining onlayn sammiti çoğida Ukraina uçun 10 mingdan ortiq kişilik Ğarb tinçlikparvar kuçlarini yaratiş rejasini aytib ötdi, deya xabar beradi Britaniya matbuoti.

Zelenskiy yana Moskvani uruşni tugatişni istamaslikda aybladi

17 mart kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy yana bir bor Rossiyani uruşni tugatişdan manfaatdor emaslikda aybladi. «Uşbu haftada bizning şaharlar va jamoatlarimizga yuzlab hujumlar uyuştirildi. Ruslar 1020 dan ortiq hujumkor uçuvçisiz uçoqlar, deyarli 1360 ta boşqariladigan havo bombalari va 10 dan ortiq turli raketalarni uçirdi. Uruşning tezroq tugaşini istaganlar bunday qilmaydi», deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda.

Ukraina prezidenti yana bir bor butun sivilizatsiyalaşgan dunyo «Rossiyani öz agressiyasini töxtatişga majburlaş uçun unga birgalikda bosim ötkazişi» zarurligini, yangi «hal qiluvçi çoralar», jumladan, sanksiyalarni kuçaytiriş kerakligini ta’kidladi. «Ukraina, Yevropa, Amerika va dunyoda tinçlikni istagan har bir kişi – biz birgalikda adolatli va mustahkam tinçlikni ta’minlay olamiz», — deya xulosa qildi u.

Bundan uç kun avval Zelenskiy Kremlni Rossiya va Ukraina örtasida AQŞ taşabbusi bilan tuzilgan tinçlik kelişuvini ataylab keçiktirişda ayblagan edi. «Afsuski, bir kundan ortiq vaqtdan beri (Jiddadagi uçraşuvdan keyin) dunyo bildirilgan takliflar yuzasidan Rossiyadan mazmunli javob eşitmayapti. Bu esa aynan Rossiya uruşni davom ettirişga intilayotganini va tinçlik boşlanişini imkon qadar keçiktirişga harakat qilişini yana bir bor tasdiqlaydi», — deb yozdi u 13 mart kuni. Ukraina prezidenti, şuningdek, «AQŞ bosimi Rossiyani uruşni tugatişga majbur qiliş uçun yetarli bölişiga» umid bildirdi.