Sönggi bir neça hafta içida AQŞ rasmiylari va «Tolibon» harakati örtasidagi munosabatlarda bir neçta voqealar sodir böldi, ekspertlar buni munosabatlarning iliqlaşuvi va hatto rasmiy aloqalarni tiklaş yölidagi dastlabki qadamlar deb baholamoqda.

Oq uy va Afğonistonning yangi hukumati örtasidagi barça munosabatlar 2021 yilda AQŞ va uning ittifoqçilari mamlakatni tark etişi va toliblar Afğonistonda hokimiyatni egallaşi bilan uzilgan edi. Öşanda AQŞ hukumati Afğonistonning AQŞ banklaridagi hisob raqamlarida bölgan va dastlab toliblarga berişdan boş tortgan mablağlarining bir qismini muzlatib qöygan, şuningdek, Kobuldagi yangi rejimni tan olmagandi.

Birinçidan, AQŞ Federal qidiruv byurosi öz saytida «Tolibon» hukumatining amaldagi içki işlar vaziri va «Tolibon» qanotlaridan biri bölgan «Haqqoniy terrorçilik tarmoği» asosçilaridan biri Sirojiddin Haqqoniyni qölga oliş uçun e’lon qilingan 10 million dollarlik mukofotni bekor qildi.

Sirojiddin Haqqoniy toliblar orasida Haybatullo Oxundzodadan keyingi ikkinçi nufuzli şaxs sanaladi.

Şuningdek, Davlat departamenti «Haqqoniy» tarmoğining yana ikki yuqori martabali rahbari Abdulaziz Haqqoniy va Yahyo Haqqoniyni ham qidiruvdagilar röyxatidan olib taşlagan

Haqqoniy bilan birga «Haqqoniy tarmoği"ning yana ikki yuqori martabali yetakçisi: Abdulaziz Haqqoniy va Yahyo Haqqoniyni qölga oliş uçun mukofotni bekor qildi.

Şu bilan birga, AQŞ Davlat departamenti Sirojiddin Haqqoniy va tarmoqning boşqa ikki a’zosi hamon xalqaro terrorçi hisoblanişini, «Haqqoniy tarmoği»ning özi esa AQŞda terrorçi taşkilot sifatida tan olinganini ma’lum qilgan.

Xöş, AQŞ nega «Tolibon» içki işlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy uçun belgilangan mukofotni bekor qildi-yu, lekin terrorçilar safidan çiqarilmadi?

Afğonşunos Hamza Boltayevning fikriça, uşbu mukofot bekor qilinişini Ilon Mask boşçiligidagi davlat samaradorligini oşiriş böyiça yangi departament faoliyati bilan boğlaş mumkin. Çunki u davlat harajatlarini reviziya qilyapti.

«Undan taşqari, avvallari AQŞ «Tolibon» bilan munosabatlarini uçinçi tomon vositasida amalga oşirgan, lekin Vaşingtonning bu galgi harakatlari Tramp ma’muriyatiining «Tolibon»ga nisbatan yangi strategiyasining ilk qadamlari sifatida baholanişi mumkin.