Assalomu alaykum. Bugun 30 mart, yana yakşanba. Bir vaqtlar radio efirlar boşida aytilganidek, Samarqanddan gapiramiz! Esingizda bölsa, avvallari hamma uyda derazaning bir burçagida radio osiğlik turardi. Unda kanallar ham köp emasdi. Kattalar «Maş’al» radiosida milliy qöşiqlarimizni eşitişardi. Biz qadrdonimizga aylangan momo aytib beradigan oqşom ertaklarini eşitardik.
Ba’zan radiodan yangiliklar ham berilib qolardi. Hatto futbol öyinlarini ham qadrdon radiodan eşitardik. Xullas, bir parçagina quti bizni dunyo bilan boğlab turgandek edi. Katta bölgaç tuşunib yetdikki, buning nomi axborotga ehtiyoj deyilarkan. Inson dunyodan uzilib qolmaslik uçun undagi yangiliklardan boxabar bölgisi keladi. Azaldan şunaqa bölgan.
Bugungi internet asrida esa yangiliklar şunçalik köpki ularni saralaş oson emas. Bu borada biz sizga yordam beramiz. Bir neça daqiqa vaqtingizni ayamasangiz, hafta davomida dunyoda sodir bölgan eng muhim voqealarni yodga olamiz.
Muvaffaqiyatsiz muzokara
Hafta davomida Saudiya Arabistonida Ukraina, AQŞ va Rossiya vakillari iştirokida muzokara ötkazildi. Biroq bu Rossiya va Ukraina örtasidagi töğridan töğri muzokara emasdi. Muzokara juda ğalati formatda ötkazildi. Ukraina va Rossiya delegatsiyasi bir mehmonxonadagi alohida xonalarga joylaştirildi. Ularning gaplarini bir-biriga AQŞ delegatsiyasi a’zolari yetkazib turdi.
Va bunaqa nosamimiy ruhdagi muzokarada tabiiyki, heç nimaga kelişilmadi. Umuman uruşni tugatiş böyiça muzokaralar juda yomon ötmoqda desak böladi. Çunki örtada turgan Tramp ma’muriyati xolislik qiliş örniga oçiqçasiga Rossiyaga yon bosyapti. Bundan ilhomlangan Rossiya esa yangidan yangi talablar qöymoqda.
Hafta davomida ruslar va ukrainlar energetika obektlariga zarba bermaslik böyiça kelişuvga erişgani xabar qilindi, ikki tomon ham buni tasdiqladi. Lekin bu kelişuv ham juda xom. Birinçidan, ruslar uni 18 martdan amalga kirdi desa, ukrainlar 25 martdan deyapti. 28 mart kuni Sudjadagi gaz stansiyasiga hujum qilindi. Rossiya ukrainlar HIMARS bilan urdi dedi, Kiyev biz urganimiz yöq, kerak bölsa isbotlaş uçun mudofaa vazirini AQŞga yuboramiz, dedi. Xullas, mana şunaqa nojiddiy tarzda keçmoqda muzokaralar. Bunaqada nimagadir erişiş qiyin...
Oq uy mulozimlari «qovun tuşirdi»
Ortda qolayotgan haftaning eng mojaroli voqeasi AQŞda sodir böldi. Tramp ma’muriyatidagi eng yuqori martabali mulozimlar Signal messenjerida çat oçib unda Yamandagi husiyçilar harakatiga zarbalarni muhokama qilişdi. Yetmaganiga çatga adaşib The Atlantic jurnali muharriri Jyeffri Goldbergni ham qöşib qöyişdi. Jurnalist guruhda borligini butun boşli Amerika xavfsizligiga javob beradigan mulozimlar sezmagan ham. Jurnalist esa bemalol, obdon barça yozişmalarni skrinşot qilib borgan.








