27 martdan 29 martgaça futbol böyiça Özbekiston çempionatida 3-tur uçraşuvlari ötkazildi. 

«Navbahor» – «Andijon» 2:2
Gollar: Zabihillo Örinboyev 2, Abbos Ğulomov 51 – Gilerme Gedeş avtogol 6, Benjamin Teydi 90+7.
«Navbahor» – Umidjon Ergaşev, Azimjon Ahmedov (Javohir Abdujabborov, 62), Şohmalik Komilov (Şahzod Toirov, 75), Zabihillo Örinboyev (Pedro Augusto, 75), Şahzodbek Ubaydullayev (Alişer Odilov, 62), Saidazamat Mirsaidov, Benjamin Teydi, Sergey Karpoviç, Gilerme Gedeş, Abbos Ğulomov (Ruslan Jiyanov, 80), Igor Gabriel.
«Andijon» – Eldor Adhamov, Islom Mamatkazin, Abdulvohid Ğulomov, Iskandar Şoyqulov (Altin Kreziu, 68), Mirzad Mehanoviç, Islam Maşukov, Abdurahmon Komilov (Doniyor Abdumannopov, 68), Usmonali Ismonaliyev, Muhammadkarim Toirov, Luka Uskokoviç, Bektemir Abdumannonov.
Çetlatiş: Saidazamat Mirsaidov (90+6) – Mirzad Mehanoviç (72).

Turning markaziy uçraşuvi 28 mart kuni «Navbahor» va «Andijon» klublari örtasidagi vodiy derbisi böldi.  Namangandagi bahsda Sergey Luşan şogirdlari 2-daqiqadayoq hisobni oçgandi, köp ötmay Gilerme Gedeşning avtogoli sabab hisob tenglaşdi – 1:1.

Ikkinçi bölimda Ğulomov 51-daqiqada mezbonlarni hisobda oldinga olib çiqdi, keyinroq Mehanoviç qizil kartoçka olib, mehmonlar bir kişi kam bölib qolişdi. Şunga qaramay, andijonliklar Teydining 90+7-daqiqadagi avtogoli evaziga safardan oçko bilan qaytadigan bölişdi – 2:2.

«Navbahor» yangi mavsumni «Dinamo» bilan durangdan boşlagan (0:0), keyin esa safarda «Söğdiyona»dan ustun kelgandi (3:2). Endilikda namanganliklar 5 oçko bilan turnir jadvalining 6-örnida joylaşgan. «Andijon» uçun esa taqvim murakkabroq edi, Özbekiston kubogining amaldagi sohiblari avvaliga vodiy derbisida debyutant qöqonliklar bilan durang öynagan (1:1), keyin amaldagi çempion «Nasaf» bilan ham şunday durang hisob qayd etilgandi (1:1), Namanganda qatorasiga uçinçi durangini qayd etgan jamoa turnir jadvalida hozirça 9-örinda.

«Qizilqum» – OKMK 1:3
Gollar: Elguja Lobjanidze 39 – Islom Töxtaxöjayev 12, Giorgi Papava 51, Nodirbek Abdurazzoqov 75.
Aniq ijro etilmagan penalti: Xurşid Ğiyosov (OKMK, darvozabon) 30.
«Qizilqum» – Farhod Rahmatov, Ilhom Vahobov, Dilşod Komilov, Şahzod Rahmatullayev, Roman Papariga, Jaba Jigauri, Nikola Kumburoviç, Farhod Bekmurodov (Alen Maşoviç, 74), Diyor Rahmatilloyev (Fayzullo Jumanqöziyev, 74), Duşan Miyiç, Elguja Lobjanidze (Davron Anvarov, 80).