«Real»da kambek, Şomurodov va «Roma»da ğalabali seriya. Kun öyinlari
|16:58 / 30.03.202520 33918 min
Mbappe Ronalduning natijasini takrorladi, «Atletiko» çempionlik poygasidan çiqmoqda. Şanba oqşomida Yevropa futbolida röy bergan asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
APLda ham sönggi turlarni kötarinki ruhda ötkazgan «Kristal Pelas» jiddiy raqib ustidan yirik hisobda ğalabaga erişdi. Mezbonlar ilk daqiqalardan taşabbusni qölga olgan va birinçi raqam ostida harakat qilişgandi, ammo 34-daqiqada Ebereçi Eze öz uslubidagi gol bilan hisobni oçdi. Hafta boşida Angliya milliy jamoasi safida gollar hisobini oçgan yarimhimoyaçi biroz ötib Sarrni golli pas bilan ta’minladi va amalda mezbonlar taslim böldi. Ikkinçi bölimda Nketia hisobni yirik körinişga keltirdi. «Burgutlar» sönggi olti öyinida olti ğalabaga erişdi, töplar nisbati – 13:0.
«Nottinghem» va «Brayton» — Angliyada raqibni qarşi hujumlarda jazolaş böyiça eng yaxşi jamoalar qatorida. Ularning APL turnir jadvalidagi örinlari (uçinçi va yettinçi) ham buni tasdiqlaydi, ammo kubokdagi özaro bahsda jamoalar bir-biriga bunga imkon bermadi. Öyinda golli vaziyatlar köp bölmadi va ğolibni penaltilar seriyasida aniqlaşga töğri keldi. Futbol lotereyasida esa «örmonçilar» özini suvdagi baliqdek his qilişdi. Aniqroği, bu gap joriy mavsumda uç bor öyinlardan keyingi seriyada ğolib bölgan darvozabon Selsga taalluqli. Bungaça u «Ekzeter Siti» va «Ipsviç»ga qarşi kubok öyinlarida işonçli harakat qilgandi. Endi esa APLda quruq öyinlar soni böyiça peşqadamlik qilayotgan belgiyalikning ikkita seyvi «Nottinghem»ga Angliya Kubogi yarimfinali yöllanmasini taqdim etdi, jamoa bu turnirda 1981 yildan buyon ilk bor şu bosqiçgaça yetib keldi.
30 mart kuni qolgan ikki yarimfinalçi ham aniqlanadi. Sönggi çorakfinallarda «Mançester Siti» «Bornmut» mehmoni bölsa, «Aston Villa» «Preston»ni sinovdan ötkazadi.
Katta ehtimol bilan Ispaniyadagi çempionlik poygasi iştirokçilari soni ikkitagaça qisqardi, «Atletiko» uni tark etdi. Madridliklar FIFA kunlaridan oldin «Xetafe» va «Barselona»ga yutqazgandi, endi esa — xavfli zona yaqinidagi «Espanyol» bilan öyinda ğalaba qöldan çiqarildi.
Uçraşuvdagi eng qiziqarli vaziyat yon hakam bilan boğliq böldi
Holbuki birinçi bölim oxirlarida himoyaçi Aspilikueta jarima maydonida havodagi töpni yuqori burçakka joylaganidan keyin mehmonlar bu ustunlikni boy bermaydigandek köringandi. Ammo barçasini Langlening xatosi barbod qildi, u standart vaziyatda töp uzatilganida jarima maydoni içida arbitrning köz öngida raqibni futbolkasidan tortib yiqitdi. Bunga esa umuman zarurat yöq edi, çunki Kabrera darvozaga xavf solişga yaqin ham kelmagandi. Bu epizodda töp şunçaki Oblakka borayotgandi, yakunda esa muhim oçkolar boy berildi. Diyego Simeone «Espanyol» maydonidagi sönggi olti öyinda faqat bitta ğalabaga erişgan. Endi «Atletiko» bu tur öyinini hali ötkazmagan «Barselona»dan olti oçkoga ortda qolmoqda va ispaniyalik statistikaçilar «matrasçilar»ning titul uçun imkoniyatlarini 2,2 foiz deb baholamoqda.
«Real»ning ham işi oson keçmadi, JÇ-2026 saralaşidan keyin «Leganes»ga qarşi öyinni madridliklar janubiy amerikalik futbolçilarisiz boşladi. Holbuki avvaliga qaymoqranglilarda jiddiy muammo yöqdek köringandi. Mezbonlar öz uslubida bosimni kuçaytirib borişdi, vaziyatlar yuzaga keltirildi, Bellinghemning jarima maydoni içiga nozik uzatmasi Gulerga fol işlatilişi bilan yakunlandi.
Mbappe zarbani panenka uslubida ijro etdi. Bu vaziyatda darvozabon markazga qaytib, töpga ulgurişiga ham bir baxya qolgandi.
Ammo birinçi bölim qahramoni Kilian emas, vatandoşi Roze böldi. Avvaliga «Leganes» laterali hujumga qöşilişi Diyego Garsiyaning goli bilan yakunlandi, sakkiz daqiqa ötib esa u maydon markazida Braim Dias töpni yöqotgaç, boşlab bergan hujumni Dani Raba gol bilan yakunladi. Tanaffusga qadar Mbappeda gol uriş uçun yana ikkita imkoniyat böldi, ammo baribir madridliklar kiyim almaştiriş xonasiga ğamgin kayfiyatda yöl olişdi.
«Leganes» muxlislari yana 15 daqiqa davomida xursandçilik qilişdi, ammo ikkinçi bölim boşlanişi bilan barçasi özgarib ketdi. «Real»ning birinçi bölimdagi omadsizliklari bir hujumda esdan çiqarildi: Garsiya töpni Bellinghemga topşirdi va u yerlatib kuçli zarba berdi. Töpni Dmitroviç qaytardi, qaytgan töpga Dias yetib keldi va töp tösinga bordi va yana Judga qaytib keldi. Bu safar mehmonlarni heç kim qutqara olmadi.
Köp ötmay Braimning zarbasidan keyin töp ustunga bordi. Ançelotti esa öyinning bir soati ortda qolganida Arda va Dias örniga Rodrigo hamda Vinisiusni maydonga tuşirdi. Lekin baribir hal qiluvçi işni Mbappe bajardi. Jarima maydoni yaqinida Rodrigo yiqildi, bu vaziyatda mehmonlar himoyaçisi Renato Tapiya töpga ulgurgandi, ammo boş hakam Iturralde Gonsales jarima zarbasi belgiladi.
Kilian standart vaziyatni Garsiya bilan öynab, qaytarilgan töpni yerlatib berilgan zarba bilan ustun yonidan törga kiritdi. Bu uning «Real»dagi debyut mavsumida 33-golini urişi böldi, u bu borada Ronaldu va van Nistelroyning natijasini takrorladi, oldinda faqat Samorano (37 gol) bor. Unda qolgan ikki oy içida bu borada ham birinçi öringa çiqib oliş imkoniyat yetarli. Bundan taşqari, u professional darajadagi gollari sonini 364 taga yetkazdi va eng yaxşi fransuz töpurarlari röyxatida Rojyer Kurtua bilan tenglaşdi, oldinda esa faqat Karim Benzema (491) va Tiyerri Anri (411) bor.
Bu ğalabadan keyin «Real» oçkolar soni böyiça «Barsa»ga yetib oldi va raqibining yakşanba oqşomida «Jirona»ga qarşi keçadigan derbi öyini natijasini kutadi.
Tiagu Mottani işdan böşatgaç, «Yuventus» A Seriyaning eng yaxşi inqirozga qarşi menejerini boş murabbiy etib tayinladi. Öz vaqtida «Keksa sinoralar» safida öynagan xorvatiyalik Igor Tudor mavsum davomida jamoalarni qabul qilgan va şu maqomda kamida ellikta öyin ötkazgan murabbiylar orasida sönggi 90 yillikdagi eng yaxşi körsatkiçga ega. U bunday uçraşuvlarning 86 foizida (69 tadan 59 tasida) ğalaba qozongan, şanba kuni esa «Jyenoa» ustidan qozonilgan ğalaba evaziga statistikani yaxşiladi. Şu bilan birga, kamtarona 1:0 öyin xarakteriga unçalik mos kelmaydi. Turinliklar sönggi daqiqalarda ham gol uriş uçun ikkita yaxşi imkoniyatga ega bölişdi. Va bu öyin taqdirini hal qilgan Kenan Yildizning vaziyatiga qaraganda ança yaqqol vaziyatlar edi. Jarima maydoniga yorib kirgan turkiyalik futbolçi himoyaçini çiroyli tarzda aldab ötib, darvozani ötkir burçakdan nişonga oldi. Bu Yildizning «byankonerilar» safidagi yettinçi goli böldi. Agar u özining tuğilgan kunigaça (4 may) heç bölmaganda bir gol urişga ulgursa, ğalaba uçun uç oçko beriş boşlanganidan keyingi davrda 20 yoşdan oşmagan futbolçilar tomonidan urilgan gollar soni böyiça «Yuve» rekordini örnatadi. Hozirça Yildiz bu borada Moyze Kin bilan bir xil natija qayd etmoqda.
«Roma» tur öyinini yakşanba kuni ötkazadigan «Latsio»ni quvib ötib, yevrokuboklarga yöllanma beruvçi oltinçi öringa kötarildi. Autsayderga qarşi öyinda rimliklar uzoq vaqtgaça öz maqsadiga yeta olmadi va Klaudio Raniyeri ikkinçi hujumçi sifatida Eldor Şomurodovni ham maydonga taşladi. Bu esa öz samarasini berdi va 80-daqiqada Artyom Dovbik yaqin burçakni aniq nişonga olib, rimliklar jamoasining ğalabali seriyasini yetti öyinga yetkazdi. «Börilar»da bunday muvaffaqiyatli oraliq 2016 yildan buyon kuzatilmagandi, öşanda Luçano Spalletti boşqaruvidagi jamoa qatorasiga sakkiz öyinda ğalabaga erişgandi. «Roma» uçun mavsumni qutqarib qolgan Klaudio Raniyeri keyingi haftada bu natijani takrorlaş imkoniyati böladi — ammo taqvim oson emas, avvaliga «Yuventus», uning ortidan — Rim derbisi kutmoqda.
Deyvis yana xoç boğlamlari uzilişi jarohati tufayli safdan çiqdi, bu safargisi mojaroli holatni yuzaga keltirdi. Futbolçining agenti sözlariga köra, futbolçi Kanada milliy jamoasi öyinlariga tayyor bölmagan, ammo, sardor murabbiylar ştabi bosimiga uçragan, bu esa ayançli oqibatga olib kelgan. Endi esa «Bavariya» direktori Yan-Kristian Drezen Kanada futbol federatsiyasi tekşiruv ötkazişini talab qilmoqda va sud da’vosi bilan tahdid solmoqda. Öz navbatida, okean ortidagilar öz tibbiy ştabi professionalizmiga işonç bildirib, Deyvisning agentining sözlarini rad etmoqda.
Nima bölganda ham, endi Rafael Gerreyru — çap qanotni yopiş uçun yagona variant va Vensan Kompani uşbu portugaliyalik futbolçidan maydon markazida foydalaniş yoki uni öng qanotga ötkaziş imkoniyati bölmaydi. Bu esa qöşimça muammolarni tuğdiradi, tarkibdagi kamçiliklar tufayli myunxenliklar vaqti-vaqti bilan böşaşmoqda va «Bayyer» bilan oradagi farq olti oçkogaça qisqargan. Şanba kungi öyinda ham Dayyer Saadning hisobni oçgan golida oçiqçasiga sustkaşlik qildi, Urbig esa sönggi daqiqalarda oddiy vaziyatda qutqara olmadi va hisob qaltis körinişga keldi. Qolaversa, «Bavariya» hujum çiziği vakillari köplab vaziyatlarni yöqqa çiqarişda davom etmoqda. Lekin bu Sanega mavsumdagi törtinçi dublni rasmiylaştirişga (şaxsiy rekord), Keynga esa — öziga bundesligada raqib bölgan sönggi jamoa darvozasini ham zabt etişga (ön töqqizinçi) xalal bermadi. Turnir tarixida faqat Miroslav Kloze köproq jamoaga gol urgan (28).
Çempionlar Ligasi yöllanmasi uçun da’vogarlarning şanba kungi öyinlarida «Leypsig» Menhegladbahning «Borussiya»siga qarşi bahsda mağlub böldi. Marko Roze jamoasi nafaqat «Ayntraxt» va «Mayns» bilan oçkolar böyiça vaqtinça tenglaşiş imkoniyatini qöldan boy berdi, balki «Gladbah»ni ham beşinçi öringa ötkazib yubordi. Mezbonlarga ğalabani ötgan turdagi het-trikdan söng sur’atni tuşirmagan Pleaning yagona goli ta’minladi.
«Ayntraxt»ning «Ştutgart» töqnaşuvi taqdirini ham yagona gol hal qildi. 58-daqiqada şvablar bir kişi kam bölib qolişgani amalda öyin taqdirini belgilab berdi. Bundan ikki daqiqa oldin «burgutlar»ning faxriy futbolçisi Gyotse hisobni oçgandi va son jihatdan ustunlik ğalabali hisobni saqlab qolişni ta’minladi. Frankfurt jamoasi endi beşinçi örin bilan farqni 5 oçkoga yetkazdi.
«Monako» — «Nitssa» 2:1
Gollar: Mika Biret (55), Brel Embolo (73) — Jyeremi Boga (41)
Aniq ijro etilmagan penalti: Mika Biret (5)
Çetlatiş: Santos (90+1)
Fransiyada «PSJ» gegemonligi davom etmoqda. Luis Enrike şogirdlari bu turda mavsumdagi ön törtinçi ğalabasiga erişdi va çempionlik sari yana bir qadam taşladi. Qolaversa, jamoa safardagi mağlubiyatsiz öyinlari seriyasini 38 taga yetkzadi (+30=8). Parijliklar bu bilan top-5 ligalar uçun 1993 yilda «Milan»ga tegişli bölib turgan rekordni takrorlaşdi.
Ikkinçi örindagi «Marsel» Reymsda yutqazgaç, 12-turdan buyon ilk bor ikkinçi örindan pastga tuşdi va parijliklar bor e’tiborini Lazur sohildagi derbiga qaratişdi. Agar «Monako» va «Nitssa» özaro durang öynaganida, «PSJ» 27-turdan keyinoq navbatdagi çempionlik titulini nişonlagan bölardi. Ammo ikkinçi öringa çiqib olgan «Monako»ning öz rejalari bor. Ammo taşabbusga egalik qilganiga qaramay, qişki transferlar doirasida jamoaga kelgan, töpurarga aylangan Biret penaltidan foydalana olmadi va monegaskliklar birinçi bölimni boy berişdi.
Adi Hyutterning baxtiga — uning ixtiyorida liganing eng irodali jamoasi bor, bu jamoa hisobda ortda borgan öyinlarida buriliş yasaş evaziga 16 oçko töplagan. Ikkinçi bölimda Biret aybini yuvdi va hisobni tenglaştirdi. Akliuşning pasidan keyin daniyalik hujumçi yaqin burçakka aniq zarba berdi va Ugo Kurionega tegişli rekordni yangilaş tomon yurişda davom etdi. 1974 yilda uşbu futbolçi Fransiyaga qişda kelgan va mavsum yakuniga qadar 14 gol urişga ulgurgan. Biretda allaqaçon 12 gol bor, bu öyindagi ğalaba goliga esa zaxiradan tuşgan Embolo mualliflik qildi va parijliklar bayramini keyinga qoldirdi.