Yangi hukumat Başar Asad rejimi ağdarilganidan keyin Suriyada sodir bölayotgan özgarişlarni, xususan, mamlakatni boşqarişda diniy va etnik ozçiliklar vakillarining iştirokini va Ğarbga ötgan ön yilliklardagiga qaraganda köproq oçiqlikni ifodalaydi.
Mamlakatda birinçi marta sport vazirligi paydo böldi, idoralardan biriga alaviylar vakili rahbarlik qiladi, mehnat vaziri lavozimini esa nasroniy ayol egalladi.
«Biz milliy yölimizda yangi bosqiç boşlanayotgani şohidlarimiz va bugun yangi hukumatning şakllanişi yangi davlat qurişga bölgan umumiy irodamizning deklaratsiyasidir», – deya aş-Şar’aning hukumat tarkibini e’lon qiliş marosimidagi nutqidan iqtibos keltiradi SANA davlat axborot agentligi.
Suriya hukumatida alohida boş vazir lavozimi közda tutilmagan. Ijro etuvçi hokimiyatni prezident boşqaradi.
2024 yil oxirida Başar Asad rejimini ağdarişda iştirok etgan isyonçilarning sobiq rahbari aş-Şar’a 2025 yil yanvarida Suriyaning vaqtinçalik prezidenti bölgandi. U inklyuziv ötiş hukumatini şakllantirişga va’da bergandi, bunday hukumat barça suriyaliklar manfaatlarini hisobga olgan holda «mamlakatni halollik bilan boşqarişi» hamda ayollar va etnik ozçiliklar huquqlariga rioya qilişi közda tutilgan.
Şundan keyin, Suriyaning yangi rahbari va’da qilganidek, mamlakatda, «erkin va adolatli saylovlar» ötkazilişi kerak. Bu ötiş davri, öşa paytda aş-Şar’a aytganidek, tört yil davom etişi mumkin.
Yangi kengaytirilgan kabinet tarkibidan 23 nafar vazir örin olgan, ular orasida alaviylar, druzlar va nasroniylar bor, deyiladi Reuters agentligi xabarida.

Yana bir ozçilik – kurdlar vakili esa hukumat tarkibida yöq.
Yangi hukumatda alaviylarni transport vaziri etib tayinlangan Yarub Badr ifoda etadi. Şialik yönalişi hisoblangan uşbu diniy oqim vakillari Suriya aholisining taxminan 10 foizini taşkil etadi (mamlakat aholisining aksariyati sunniy musulmonlar). Suriyani yarim asrdan köproq boşqargan Asadlar oilasi ham alaviylarga mansubdir.
Mart oyi boşida Suriyaning Örta Yer dengizi sohilidagi hududlarida kötarilgan alaviylar isyonini bostiriş vaqtida yuzlab tinç aholi vakillari halok bölgandi, Buyuk Britaniyada joylaşgan Suriya inson huquqlari monitoringi markazi bu voqealarni 2024 yil dekabr oyida Asad rejimi ağdarilganidan beri mamlakatda kuzatilgan «eng ommaviy va şafqatsiz qotilliklar» deb atagan.











