Fransiya taşqi savdo vazirligi AQŞning Parijdagi elçixonasi fransuz kompaniyalariga xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik siyosatidan zudlik bilan voz keçiş talab qilingan xat yuborganidan söng «Amerika aralaşuvini» qoraladi. «Amerikaning fransuz kompaniyalarining inklyuzivlik siyosatiga aralaşuvi, masalan, asossiz bojxona tölovlarini kiritiş tahdidi qabul qilinişi mumkin emas», deyiladi Franceinfo radiosi va AFP agentligi tomonidan 29 mart, şanba kuni çop etilgan bayonotda.

«Fransiya va Yevropa öz kompaniyalari, iste’molçilari va qadriyatlarini himoya qiladi», — deyiladi hujjatda.

Trampning farmoniga iqtibos keltirilgan maktub 

Avvalroq, Fransiya ommaviy axborot vositalarida, xususan, Le Figaro gazetasida Oq uy rahbari Donald Trampning «noqonuniy kamsitişlarga barham beriş va kasbiy imkoniyatlarni tiklaş» haqidagi 14173-sonli farmoniga iqtibos keltirgan holda AQŞning Parijdagi elçixonasi maktubi paydo bölgan edi. Xabarda Trampning hujjati qaysi davlatda faoliyat yuritişidan qat’i nazar, AQŞ hukumatining barça yetkazib beruvçi va pudratçilariga taalluqli bölişi nazarda tutilgan.

Maktubda, şuningdek, fransuz kompaniyalari beş kun içida javob berişi kerakligi aytilgan. Agar rad javobi berilsa, firmalar batafsil tuşuntirişlar berişi kerak, keyin esa AQŞ yuridik organlariga yuboriladi, deyiladi hujjatda.

Bu AQŞ hukumati bilan tijorat şartnomasi tuzgan kompaniyalar diskriminatsiyaga qarşi barça qoidalarni buzişi kerakligini anglatardi, deb ta’kidladi Franceinfo.