Rossiyaning uçuvçisiz uçoği deya gumon qilinayotgan dron Italiya şimolidagi Madjore kölida Ispra şahridagi Yevropa Komissiyasining Qöşma tadqiqot markazi ustidan bir neça bor uçib ötgan. Bu haqda 30 mart, yakşanba kuni Corriere della Sera gazetasi va Italiyaning ANSA axborot agentligi özining xabardor manbalariga tayanib xabar berdi.
ANSA ma’lumotlariga köra, yaqin atrofdagi Milan prokuraturasi dastlabki tergov işlarini olib bormoqda va josuslikda gumon qilinganlar böyiça rasmiy tergov 31 martdan boşlanadi. Bunga terrorizmga qarşi kuraş bölimi mas’ul böladi.
Corriere della Sera ma’lumotlariga köra, dronlar mart oyida kamida beş marta obekt ustidan uçib ötgan. Naşrning yozişiça, markaz xodimlari eksperimental UUAni aniqlaş tizimi tufayli ularni payqaşga muvaffaq bölgan.
Yaqin atrofda Italiyaning Leonardo mudofaa kompaniyasining bir neçta zavodlari joylaşgan.









