“Millar” dasturida xabar berilişiça, yonğin 23 mart kuni 3 nafar qarindoş bola yertölaga tuşib, ötin va xaşaklarni yoqişi oqibatida yuz bergan. Yonğin içida qolgan bolalarning 2 nafari 2021 yilda, yana biri 2017 yilda tuğilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, ikki nafar bola deraza orqali qutqarib qolingan. Vafot etgan bolaning murdasi esa bobosi tomonidan topilgan.

Şifokorlarning yordami sababli ikki bolaning hayoti saqlab qolingan. Tuman tibbiyot birlaşmasining xulosasiga köra, tirik qolgan bolalar yuz, böyin, ikkala qöl, oyoq va son qismlaridan kuyiş jarohatini olgan.

Marhumning vafotiga tananing 100 foiz qismi 4-darajadagi kuyiş oqibatida yuzaga kelgani, tana qismlarida töliq kuyiş jarohati borligi körsatilgan.

Holat yuzasidan bolaning ölim sabablarini aniqlaş maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi, uning xonadonida sodir bölgan yonğin sababini aniqlaş uçun yonğin texnikaviy ekspertizasi tayinlanib, tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.