Rossiya boş prokuraturasi Oliy sudga 2021 yilda Afğonistonda hokimiyat tepasiga kelgan «Tolibon» harakatining faoliyatini taqiqlaşni töxtatiş talabi bilan murojaat qildi. Ariza Oliy sud tomonidan 17 aprelda, yopiq tarzda körib çiqiladi, deb xabar berdi «Interfaks».
2024 yil dekabrida Davlat Dumasi taşkilotlarni terrorçi röyxatidan çiqarişga ruxsat beruvçi qonunni qabul qildi. Hujjatga köra, Rossiyada terrorçi deb e’lon qilingan taşkilot faoliyatiga qöyilgan taqiqni boş prokuror yoki uning örinbosarining da’vosiga köra sud qarori bilan bekor qiliş taklif etiladi. Sud qaror qabul qilişi uçun «taşkilot terrorizmni tarğib qiliş, oqlaş va qöllab-quvvatlaşga qaratilgan faoliyatini töxtatganligi töğrisida ma’lumotlar» bölişi kerak.
Rossiya rasmiylari sönggi yillarda «Tolibon»ni terrorçilik taşkilotlari röyxatidan çiqariş rejalari haqida bir neça bor gapirgan. Xususan, 2021 yil oktabr oyida — AQŞ Afğonistonni allaqaçon tark etib, «Tolibon» mamlakatda hokimiyatni qölga kiritganidan söng — Rossiya prezidenti Vladimir Putin harakatni terrorçi taşkilotlar röyxatidan çiqariş qaroriga yaqinlaşayotganini, biroq buni birinçi navbatda BMT Xavfsizlik Kengaşi qilişi kerakligini aytgan edi.
«Tolibon» terrorçilar röyxatiga kiritilgan va faoliyati taqiqlangan bölsa-da, Rossiya hukumati u bilan muntazam aloqalarni örnatgan.Rossiya, Afğoniston, Tolibon









