«Siti» kubok sari ketmoqda, «Barsa» raqiblarga dahşat solmoqda. Kun öyinlari
|17:09 / 31.03.202517 17915 min
Angliya Kubogi çorakfinalida Husanov bir bölim öynadi. Gvardiola ikkinçi bölimda uning örniga hujumkor futbolçi tuşirdi va öyinda buriliş yasadi. Yakşanba oqşomida Yevropa futbolida röy bergan asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Angliya: Reşfordning qaytişi va Holandning jarohati
«MYu»dan ijaraga olingan Markus Reşford «Aston Villa»da faoliyatini qaytadan qurişni davom ettirmoqda. U — kubok öyinlarida töpurar. Professional darajadagi debyutidan beri u Angliya kubogi va Liga kubogi öyinlarida jami 27 gol urgan va bu davr oraliğida heç kim u bilan bellaşa olmaydi. «Preston» maydonida qiyin keçayotgan öyinning ikkinçi bölimida aynan Reşford Dinning uzatmasidan keyin töpga bir teginiş bilan hisobni oçdi va keyinroq penaltini aniq ijro etdi, jamoalar saviyasidagi farqni esa uçinçi gol muallifi Jyeykob Remsi yaqqol körsatib berdi. U markaziy zonada bir fint bilan ta’qibçisini ortda qoldirdi va töpni jarima maydoniga qadar olib borib, burçakni aniq nişonga oldi. Natija — birminghemliklarning XXI asrdagi kubok öyinlarida qozongan eng yirik ğalabasi va jamoa uçun 2015 yildan buyon ilk yarimfinal.
Yarimfinallarga yigirma bor çiqqan «Mançester Siti» ham sovrin uçun kuraşni davom ettirmoqda, bu kubok inqirozli mavsumda muxlislar uçun yagona yupanç bölişi mumkin. Jamoadagi muammolar «şaharliklar» bu mavsumda 21-marta öz darvozasi birinçi bölib işğol etilişiga yöl qöyganida yana bir bor közga taşlandi. Bu borada bundan yomonroq körsatkiç faqat APLni tark etişga yaqin turgan «Lester» (25) va «Sauthempton» (22), şuningdek, beqaror öyin körsatayotgan «MYu» (22) tomonidan qayd etilgan. Bu hujum Nunes qanotdan markazga töp uzatişda xatoga yöl qöyişi bilan boşlandi, Bruksning olis burçak tomon uzatmasidan keyin Klyuyvert töp uçun kuraşda xuddi şu Nunesdan ustun keldi va zarba yölladi, şu kuni boşlanğiç tarkibda tuşgan Husanov darvoza töriga kirib ketayotgan töpni töxtatib qolişga urindi, ammo mezbonlar hujumçisi Evanilson undan ildamroq harakat qildi va hisob oçildi. Holbuki bungaça Holandning özida gol uriş uçun ikkita yaqqol vaziyat bölgandi.
Mavzuga oid
Ammo norvegiyalik hujumçi avvaliga penaltidan zarba berişda Kepani alday olmadi, keyin esa yakkama-yakka vaziyatga çiqib borib töpni nafaqat darvozabon, balki tösin ustidan ham oşirib tepdi. Tanaffusda esa Gvardiola favqulodda özgarişga qöl urdi, markaziy himoyada harakat qilgan Husanov örniga çap qanot hujumçisi ÖRaylini maydonga taşladi. Aynan şu özgariş öyin taqdirini hal qildi, kubok öyinlarida bungaça ham uç bor gol urişga ulgurgan 20 yoşli futbolçi avvaliga Erling qatorasiga uçinçi mavsumda ingliz jamoasi uçun kamida 30 gol urişiga yordam berdi. Angliyada bunday seriya Rud van Nistelroy davridan buyon (2001 yildan 2004 yilgaça) kuzatilmagandi. Ammo Erling köp ötmay jarohat oldi va örnini Marmuşga böşatib berdi. ÖRayli esa misrlik hujumçiga ham golli pas berib, öyinning eng yaxşi futbolçisiga aylandi.
Endi «Siti» yarimfinalda «Nottinghem», «Aston Villa» «Kristal Pelas»ga qarşi öynaydi.
«Barselona»ni töxtatib bölmayapti, hatto FIFA kunlari ortidan navbatdan taşqari öyin qöyib berilsa ham. Payşanba kuni «Osasuna»ga qarşi qoldirilgan öyin va Kataloniya derbisi oraliğida tiklaniş uçun uç kundan kamroq vaqt böldi, ammo jamoa buni amalda sezmadi. Butun öyin davomida zaxira örindiğida qolgan Rafinyaning yordamiga zarurat tuğilmadi.
«Barselona» tetik boşladi va tezkor gol uradigandek köringandi. Avvaliga Levandovskining qulay vaziyatdan yöllagan zarbasini darvozabon qutqardi, ikkinçi tempda hujumni davom etgan Firmin penalti işladi — ammo VAR bu vaziyatda Lopesning özi qoidani buzgan deb topdi va boş hakam öz qarorini bekor qildi.
Keyin esa Yamal öz uslubida özi uçun vaziyat yaratdi: uç raqibni ortda qoldirib, yaqin burçakni nişonga oldi, Gassaniga yana seyv ijro etdi. Uning ortidan Arauxo Pedrining burçakdan uzatmasidan xavfli zarba yölladi va darvozabon yana bir bor aql bovar qilmas reaksiya körsatdi. Va bularning bari — atigi 22 daqiqa içida bölib ötdi.
«Jirona» quyi blokda himoyalandi, töpga egalik qiliş haqida öylamadi va avtobus qöyiş uslubida sabr qildi. Va ham darvozabon, ham himoyaçilarning sa’y-harakatlari bilan bölim oxirigaça bardoş berdi.
43-daqiqada esa Lopes xavfli standart vaziyat işladi, Yamal töpni yaqin burçakka yetkazib berdi, himoyaçi Kreyçi esa Garsiya bilan töp uçun kuraş çoğida öz darvozasini işğol etib qöydi.
53-daqiqada Arauxo töpni uzoqlaştirişda xato qildi, kataloniyaliklarning sobiq futbolçisi Artur uni egallab oldi, Blind esa Danjumani amalda yakkama-yakka vaziyatga çiqarib yubordi. Arauxo ofsayd çiziğini uşlay olmadi va hisob tenglaşdi.
Şundan keyin ötgan öyinda dam berilib, faqat zaxiradan tuşirilgan Levandovski katta sahnaga çiqdi. Pedri jarima maydoniga uzatma berdi, Fermin töpni boş bilan darvozabon hududiga taşladi, u yerda turgan Robert çalqança holatda turib, töpni Gassaniganing oyoqlari orasidan ötkazdi. Köp ötmay u ikkinçi golni ham urdi va amalda öyin taqdirini hal qildi. Polşalik hujumçi la ligadagi 24 va 25-gollarini bilan yana Mbappedan (22) uzoqlaşib ketdi.
Bundan taşqari, 36 yoş-u 221 kunligida 25 ta gol urib, «Real» afsonasi Ferens Puşkaşni ortda qoldirib, la liganing yana bir abadiy rekordini örnatdi. Şu jumladan, «Barsa» öz töpurari tufayli sermahsullik böyiça 2017/18 yilgi mavsumdan beri eng yaxşi natijani körsatmoqda. Bu Messi davrida bölganini hamma eslaydi, lekin bir nyuans bor.
Öşanda 141 gol mavsum oxiriga qadar urilgandi, hozirgi 139 aniq zarba esa — mart oxirida qayd etilmoqda. Ispaniyaning heç bir klubi 45 ta rasmiy öyinda bu qadar köp gol urmagandi. Eng asosiysi esa hozirda turnir jadvalida yuzaga kelgan holat: öyinlar teng holatida kataloniyaliklar «Real»ni yana uç oçkoga ortda qoldirmoqda.
Italiya: «Atalanta» poygani tark etdi
A Seriya. 30-tur
«Fiorentina» — «Atalanta» 1:0
Gol: Ken (45).
«Fiorentina» — De Xea, Pongraçiç, Mari, Raniyeri, Dodo (Komuzzo, 84), Fajoli (Riçardson, 84), Kataldi, Mandragora, Parizi (Folorunşo, 71), Gudmundsson (Beltran, 67), Ken (Zaniolo, 84).
«Atalanta» — Karnezekki, Jimsiti, Hin, Kolaşinats, Bellanova, De Ron, Paşaliç (Rujyeri, 75), Zappakosta (Kuadrado, 75), de Ketelare (Breşianini, 65), Retegi (Samarjiç, 55), Lukman (Maldini, 55).
Ogohlantirişlar: Hin (77), Samarjiç (86), Kolaşinats (90+3).
Yevrokuboklarga çiqişga urinayotgan va yettinçi örinda borayotgan «Fiorentina» «Atalanta»ni skudetto uçun kuraşdan uzil-kesil çiqarib yubordi. Sönggi turlar bergamoliklar uçun haqiqatni tan oliş davri böldi, FIFA öyinlari oldidan jamoa öz maydonida «Inter»ga yutqazgandi (0:2), Florensiyadagi öyinda Hinning yomon öyini Jan Piyero Gasperinini aqldan ozdiray dedi. Maydon markazida uni aldab ötgan Moyze Kin jamoasiga ğalaba keltirdi, u A Seriyaning joriy mavsumidagi ön oltinçi golini yakka özi harakat qilib urdi. «Atalanta» endi «Inter»dan 9 oçko ortda qolmoqda va çempionlikdan umid uzdi.
Jarohatlangan Lautaro Martines yöqligida «Inter»ning hujum çiziğidagi asosiy harakatlantiruvçi kuçi Dimarko böldi. Uşbu himoyaçining ikki bor hujumga qöşilişi Arnautoviç va Fratteziga ideal uzatmalarga aylandi. Agar top-5 ligalarning sönggi ikki mavsumidagi körsatkiçlar olinsa, Dimarko sermahsullik böyiça (9 gol va 12 pas) «Bayyer»ning qanot futbolçilari Grimaldo va Frimpongdan keyingi uçinçi natijani qayd etmoqda. Yakşanba oqşomidagi qahramonlik maqomini u Zommer bilan bölişsa ham böladi, darvozabon hisob 2:1 holatida uçta aql bovar qilmas seyv ijro etdi. Öyin davomida odatda bosiq böladigan Simone Indzagi ham «Inter» posboni qöşib berilgan daqiqalarda yaqin masofadan yöllangan zarbani qaytarganida hissiyotlarini tiyib turolmadi va qizil kartoçka oldi.
Serjiu Konseysau boşçiligidagi «Milan», albatta, qahramonliklar körsatişga qodir va bu safar ham kambekka yaqin edi. Ammo Antonio Konte boşqaruvidagi «Napoli» öta uyuşqoq va tizimli jamoa bölib, uning uçun ikki gollik ustunlik - muvaffaqiyatning deyarli yuz foizli kafolati. Janubliklar bu ustunlikka rossonerilar mudofaa markazining zaif tomonlaridan foydalanib, tezda erişdi. Politano muallifligidagi birinçi gol ikkinçi daqiqadayoq urildi, neapolliklar 1955 yildan beri «Milan» bilan öyinlarda bunday tezkor gol ura olmayotgandi. Buning ortidan Lukaku yubiley golini nişonladi, Gilmor jarima maydoni markazida turgan şerigiga ideal uzatma oşirdi. Belgiyalik futbolçi uçun bu professional darajadagi 400-gol böldi.
Ikkinçi bölim örtalarida Billing jarima maydoni içida ehtiyotkorsizlik qilib, Ernandesni yiqitgaç, mezbonlarda asabiylik boşlandi. Ammo Meret Santyago Himenes ijrosidagi penaltini qaytardi. Şundan keyin «Napoli» ustunlikni saqlab qoliş uçun butunlay himoyaga yotdi, «Milan» esa özgarişlar hisobiga sezilarli darajada kuçaydi. Öyin oxirlarida Yoviç Ernandesning uzatmasidan keyin hisobni qisqartirdi. Lekin mezbonlar mehmonlarning yakuniy şturmini amallab qaytarişdi va çempionatdagi intrigani saqlab qoldi. «Inter» bilan oradagi farq hamon 3 oçkoni taşkil etmoqda.
Çempionlar ligasiga da’vogar jamoa çempionat turnir jadvali örtasida yurgan jamoaga qarşi — bu uşbu ikki jamoalar örtasidagi töqnaşuv uçun odatiy afişa. Ammo bu mavsumda «Borussiya» va «Mayns» rollarini almaştirgan. Dortmund hozirda YeÇL yöllanmasini faqat orzu qilişi mumkin, şu vaqtgaça biror marta mavsumni beşinçi örindan yuqorida yakunlay olmagan raqib esa tarixdagi eng yaxşi natijasi uçun kuraşmoqda. Ammo yakşanba oqşomida dortmundliklar özining eng yaxşi davrlaridagi kabi öyin körsatdi. Qolaversa, Niko Kovaçning original yurişi iş berdi. Odatda markaziy himoyaçilardan burçak zarbalari vaqtida ikkinçi qavatdagi kuraş uçun foydalaniladi, ammo murabbiy Şlotterbekning boşqa ustunligidan foydalandi. Uning çap oyoği yaxşi, uzoqqa uzatmalari — Hummelsnikidan qolişmaydi. Uning bu iste’dodidan kornerlarni ijro etişda foydalanildi, bu uzatmalar Emre Jan va Bayyer ikkinçi golini urganida qöl keldi. «Mayns» mağlubiyatga uçraganiga qaramay, raqobatçilari ham bu turda qoqilgani tufayli törtinçi örinni özida saqlab qoldi. «Borussiya» esa hozirça örinçi örinda qolmoqda va yevrokuboklarga yöllanma beruvçi oltinçi örin bilan farq tört oçkoni taşkil etmoqda.