AQŞ prezidenti Donald Tramp Eron yadroviy dasturi böyiça kelişuvni imzolamasa, mamlakat «misli körilmagan bombardimonlar»ga duçor bölişi haqida ogohlantirdi, deb xabar bermoqda Reuters.

«Agar ular kelişuvni tuzmasa, albatta bombalaşlarga duçor bölişadi — bunga öxşaş bombardimonlarni ular hali heç qaçon körmagan», — dedi Tramp 30 mart, yakşanba kuni NBC telekanaliga telefon orqali bergan intervyusida.

 Şu bilan birga, AQŞ rahbari yana bir muqobil çora haqida ham gapirdi: «Agar kelişuv bölmasa, men ikkinçi darajali tariflar joriy qilaman — buni tört yil oldin ham qilgandim».

Trampning ultimatumi uning Eron bilan muzokaralar boşlaş urinişi ortidan yangradi. Reuters naşri yozganidek, joriy yil mart oyi boşlarida Tramp Eron Oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiyga maktub yöllab, yadroviy dastur yuzasidan muzokaralar ötkazişni taklif etgandi.

Tramp avvalroq Fox Business telekanaliga bergan intervyusida şunday degandi: «Eron masalasini hal qilişning ikki yöli bor: harbiy va kelişuv orqali. Men kelişuvni afzal köraman, çunki Eronga zarar yetkazişni istamayman».

Keça, 30 mart kuni, Eron prezidenti Mas’ud Pizişkiyon öz javobini bildirdi. CNN yozişiça, u AQŞ bilan yadroviy dastur yuzasidan töğridan-töğri muzokaralardan boş tortganini e’lon qildi. Unga köra, Tehron öz rasmiy javobini Ummon vositaçiligi orqali yetkazgan, biroq Vaşington bilan bilvosita aloqalar ehtimoli saqlanib qolmoqda.

«Biz muzokaralardan qoçmayapmiz; muammolarni avvaldan va’daga vafo qilmaslik keltirib çiqargan. Ular işonçli ekanini amalda isbotlaşlari kerak», — dedi Eron rahbari.

Eron Islom Respublikasining yadroviy dasturi atrofidagi keskinlik ortib bormoqda. BMT huzuridagi yadroviy nazorat organining fevral oyidagi hisobotiga köra, Eron uranni qurol işlab çiqarişga yaqin darajada obod qilişni jadallaştirgan. Isroil va AQŞ bir neça bor Eronga yadroviy qurol egallaşga yöl qöymasligini bayon qilgan.