Bu haqda Stubb yakşanba kuni Londonda ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi. Uning sözlarini finlarning Yle naşri keltirdi.
Finlandiya prezidenti uçraşuv samarali keçganini ta’kidlab, ikki asosiy masala muhokama qilinganini aytdi: Finlandiya va AQŞ örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar hamda Rossiyaning Ukrainaga qarşi bosqini.
Stubbning sözlariga köra, u Trampga Finlandiya va butun Yevropaning Ukrainaga qarşi uruşdagi qat’iy qöllab-quvvatlovini bildirgan. U şuningdek, bu uruşda faqat bitta taşabbuskor bölganini ta’kidlagan.
«Tramp mendan Putinga işoniş mumkinmi, deb söradi. Men unga yöq, deb javob berdim», — dedi Finlandiya rahbari.
Stubbning fikriça, Tramp bilan bölgan uçraşuvdan söng Finlandiya va AQŞ munosabatlari yana bir bosqiçga kötarilgan.
«Fgar Rossiya Ukrainadagi otaşkesimga amal qilmasa yoki unga xilof yursa, AQŞ Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar tayyorlamoqda», — dedi Stubb Floridaga taşrifidan söng.

Ma’lumotga köra, şanba kuni Trampning Mar-a-Lago rezidensiyasida ötgan uçraşuv paytida ikki davlat rahbarlari, boşqa mavzular qatorida, golf ham öynaşgan.









