Buyuk Britaniyada işlaydigan mutaxassislarning deyarli yarmi (48 foizi) agar iş beruvçi ularni hafta davomida töliq ofisga qaytişga majbur qilsa, işdan böşaş arizasini yozişga tayyor. Bu haqda Hays rekruting kompaniyasi tadqiqotlariga tayanib, The Guardian xabar berdi. 

Qayd etilişiça, ayol mutaxassislar orasida bu körsatkiç yanada yuqori — 58 foiz. Sörov 8 mingdan ortiq xodimga ega kompaniyalar orasida ötkazilgan.

Xodimlarning 75 foizi gibrid iş jadvalini, ya’ni haftaning faqat bir qismini ofisda ötkazişni ma’qul köradi. Hozirda bu kabi iş jadvalidan kompaniyalarning 77 foizi foydalanmoqda. Eng keng tarqalgan variant — haftada 3 kun ofisda işlaş bölib, kompaniyalarning 25 foizi uni joriy etgan. 

Mutaxassislarning 77 foizi uyda köproq işlaşni xohlaşining asosiy sababi — iş joyiga borişdagi transport xarajatlaridir. 

Iş beruvçilarning 66 foizi xodimlarni töliq ofisga qaytişga majbur qiliş salbiy oqibatlarga olib kelişidan xavotirda. Şu bilan birga, kompaniyalarning 52 foizi ofisda işlaydigan va uydan işlaydiganlarning samaradorligi bir xil ekanini ma’lum qilgan. Şunga qaramay, sörovda iştirok etgan kompaniyalarning 25 foizi xodimlarni ofisda tez-tez bölişga çaqirgan.

Hays kompaniyasining operatsion direktori Pem Lindsi-Dannga köra, iş beruvçilar ofisga majburiy qaytişni joriy qilsa, eng yaxşi mutaxassislarni yöqotiş xavfi borligini tuşunişlari zarur.