Şavkat Mirziyoyev: «Oldimizda mintaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon qiliş uçun tarixiy imkoniyat turibdi»
|23:52 / 01.04.20259 15023 min
Foto: Prezident matbuot xizmatiFoto: Prezident matbuot xizmati
3-4 aprel kunlari Samarqandda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinçi sammiti bölib ötadi. Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev sammit oldidan “Euronews”ga intervyu berdi. Davlat rahbarining matbuot xizmati intervyu matnini e’lon qildi.
– Keyingi yillarda dunyo şiddat bilan özgarmoqda: geosiyosiy beqarorlik, iqtisodiy xatarlarning ösişi, iqlim özgarişi bilan boğliq muammolar – bularning barçasi xalqaro hamkorlikning yangi formatlarini taqozo etmoqda. Şu nuqtayi nazardan qaralganda, Samarqand şahridagi «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» sammiti mintaqalarimiz örtasidagi munosabatlarda buriliş nuqtasi sifatida körinmoqda. Nima uçun aynan şu payt özaro hamkorlik yangi bosqiçga çiqmoqda?
– Mintaqalarimizni çuqur tarixiy ildizlar, bir-biriga mos manfaatlar va yaqin şeriklikka obektiv intiliş boğlab turadi. Bugungi kunda biz Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikning qariyb öttiz yillik samarali tajribaga asoslangan aniq kun tartibini şakllantirganmiz.
Bizning Yevropa Ittifoqi bilan şerikligimiz – bu ikki tomonlama harakat, undan ikkala tomon ham manfaat körişi lozim.
«Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» formati – noyob hamkorlik platformasi bölib, ölçam va institutsional qamrov jihatidan unga öxşaşi mavjud emas. 27 davlatni, jumladan «Katta yettilik»ka a’zo uçta mamlakatni (Germaniya, Fransiya va Italiya) birlaştirgan Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo bilan mintaqalararo darajada tizimli hamkorlikni yölga qöygan eng yirik integratsion tuzilma hisoblanadi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik iqtisodiyot va investitsiyadan tortib barqaror rivojlaniş, xavfsizlik va raqamli transformatsiyagaça bölgan sohalarning keng majmuasini qamrab oladi hamda uzoq muddatli strategik ustuvor yönalişlarga asoslanadi.
Biz yevropalik hamkorlarimiz bilan muntazam uçraşib kelmoqdamiz. Mintaqamizga yetakçi davlatlar rahbarlarining taşriflari ança faollaşdi. Özbekiston Italiya va Fransiya bilan strategik şeriklik örnatdi. Germaniya va Markaziy Osiyo mamlakatlari esa mintaqaviy strategik şeriklarga aylandi.
Bugun Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo va investitsiya aloqalarini izçil rivojlantirmoqda. Oxirgi yetti yilda Markaziy Osiyo mamlakatlarining YeI bilan savdo aylanmasi tört barobar oşib, 54 milliard yevroni taşkil etdi.
Biz Yevropa biznesining Özbekiston va mintaqadagi boşqa mamlakatlar bilan savdo va investitsiyaviy hamkorlik qiliş imkoniyatlariga qiziqişi kuçayib borayotganini mamnuniyat bilan kuzatmoqdamiz.
Mavzuga oid
Mintaqamizda kuzatilayotgan ijobiy jarayonlar tufayli Markaziy Osiyo qudratli va yetakçi davlatlarning Şarq va Ğarb, Şimol va Janubni boğlovçi yöllar tutaşgan geosiyosiy çorrahadagi işonçli hamkoriga aylantirmoqda. Bu «Markaziy Osiyo plyus» formatlarida öz ifodasini topmoqda. Ular oçiq muloqotni qöllab-quvvatlaşga xizmat qilib, barça tomonlarning özaro manfaatli hamkorligi uçun qulay imkoniyat yaratmoqda.
Bunday şaroitda Samarqand sammitida Yevropa Ittifoqi va mintaqamiz davlatlari örtasida strategik şeriklik yölga qöyilişi mintaqalararo hamkorlik va özaro boğliqlikning rivojlanişida yangi yönalişlar oçadi.
– Sammitni ötkaziş joyi sifatida Samarqand şahri tanlanişining sababi haqida batafsil sözlab bersangiz. Samarqand muloqot va imkoniyatlar nuqtai nazaridan qanday ramziy ahamiyatga ega?
– Samarqand — asrlar davomida savdo, ilm-fan va diplomatiya markazi bölib kelgan şahardir. Uning uluğvorligi turli madaniyatlar, xalqlar va ğoyalarni birlaştira olganida. Bugun u yana Yevropa va Markaziy Osiyo zamonamizning asosiy muammolarini muhokama qilişi mumkin bölgan muloqot maydoniga aylanmoqda.
Samarqand Markaziy, Janubiy Osiyo va Yaqin Şarq hududida istiqomat qilgan xalqlarning köp asrlik xalqaro munosabatlari tarixida alohida öringa ega. Olti asrdan ortiq vaqt ilgari ayni şu yerdan Movarounnahr hukmdori Amir Temur Yevropa monarxlari bilan erkin va xavfsiz savdoni ta’minlaş maqsadida faol aloqalar örnatgan edi.
Bugungi kunda Samarqand xalqaro hayotdagi öziga xos örnini tiklamoqda hamda mamlakatimizning tarixiy siyosiy va diplomatik merosini asrab-avaylab, uni yangi, yanada keng mazmun bilan boyitmoqda.
Tarixan şakllangan tuşunçaga köra, Samarqanddan turib qaralganda, dunyo tarqoq emas, balki yaxlit va bölinmas bölib körinadi. “Samarqand ruhi” degan noyob fenomenning mazmuni ham asli şunda mujassam bölib, u xalqaro hamkorlikning prinsipial jihatdan yangi formatini şakllantiriş uçun asos bölib xizmat qilmoqda.
– Keyingi yillarda mintaqada yuz bergan asosiy özgarişlarni qanday tavsiflagan bölardingiz, Markaziy Osiyo beşligida Özbekiston raisligi davrida qaysi ustuvor yönalişlarga e’tibor qaratasiz?
– Avvalo, şuni alohida ta’kidlaşni istardimki, Markaziy Osiyo Özbekiston taşqi siyosatining ustuvor yönalişi hisoblanadi. Bu bir qator omillar bilan boğliq. Birinçidan, bugungi dunyo siyosati xaritasiga nazar taşlasak, qurolli nizolar, ziddiyatlar va zöravonlik avj olayotgan holatlarning aksariyati aynan qöşni davlatlar örtasida yuz berayotganini köramiz. Bu holat Yaqin Şarq, possovet makoni, Janubiy Osiyo, Afrika va boşqa mintaqalar uçun ham xos.
Afsuski, Markaziy Osiyo ham bunday holatlardan mustasno bölmagan. Turli davrlarda bu yerda qurolli töqnaşuvlar sodir bölgan, çegara masalalari, suv-energetika muammolari, transport va aloqa sohasidagi murakkabliklar, xavfsizlikka oid tahdidlar vaziyatni oğirlaştirgan. Bu esa uzoq davom eta olmasdi. Ixtiloflar kuçaydi, kelişmovçiliklar çuqurlaşdi va yuzaga kelayotgan murakkab vaziyat mintaqaning xavfsizligiga jiddiy tahdid sola boşladi.
Biz ana şunday real holatni anglab yetib, strategik qaror qabul qildik: Markaziy Osiyoda konstruktiv, yaxşi qöşniçilikka asoslangan va özaro manfaatli munosabatlarni bosqiçma-bosqiç barpo etiş. Bu yondaşuvning zamirida özaro işonç va hurmat, umumiy manfaatlarni hisobga oliş va tan oliş yotadi.
Sönggi yillarda Markaziy Osiyo tubdan özgardi, yangi qiyofa kasb etdi — konstruktiv muloqot, işonç va har tomonlama hamkorlik maydoniga aylandi. Bu esa mamlakatlarimiz yetakçilarining umumiy siyosiy irodasi tufayli amalga oşdi. Bugun biz bu jarayonning ortga qaytmasligi haqida işonç bilan ayta olamiz.
2017 yilda BMT Boş Assambleyasining 72-sessiyasida Özbekiston Maslahat uçraşuvlarini ötkaziş taşabbusi bilan çiqqanida, biz oddiy, biroq muhim ğoyadan kelib çiqqan edik: agar biz özaro işonç va oçiq muloqotni özimiz boşlamasak, heç qanday taşqi hamkorlar mintaqamizda tinçlik, barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlab berolmaydi. Bu jarayon öz samarasini körsatdi. Bugun eng murakkab masalalarni muzokaralar orqali hal etmoqdamiz, qöşma taşabbuslarni muvofiqlaştiryapmiz va oldinga dadil qadam taşlayapmiz.
Joriy yilda Toşkentda yettinçi Maslahat uçraşuvi bölib ötadi. Bunday yiğilişlarda biz nafaqat kun tartibini muhokama qilyapmiz, fikr almaşyapmiz, balki mintaqa qiyofasini özgartiruvçi aniq qarorlarni qabul qilmoqdamiz. Yaqin oradagi yorqin misol — Qirğiziston va Tojikiston örtasida davlat çegarasini delimitatsiya qiliş masalasining uzil-kesil hal etilişi böldi. Bu — tomonlarning yillar davomidagi sa’y-harakatlari tufayli erişilgan muvaffaqiyatdir.
Savdo aloqalarini rağbatlantiriş uçun çegaraoldi savdo hududlari taşkil etilmoqda, qöşma investitsiya jamğarmalari işga tuşirilyapti, yirik infratuzilma va sanoat loyihalari amalga oşirilmoqda.
Markaziy Osiyo global transport zanjirlarining muhim böğiniga aylanmoqda. Biz Transkaspiy va Transafğon transport yölaklarini faol rivojlantiryapmiz — bu mamlakatlarimizning jahon bozorlariga çiqiş imkoniyatlarini kengaytirişga xizmat qiladi.
Şu tarzda, Markaziy Osiyo endi tarixning çetida emas, balki öz strategik kun tartibini şakllantirayotgan, jadal rivojlanayotgan mintaqaga aylanmoqda. Siyosiy iroda, yuqori darajadagi özaro işonç va qöşma iqtisodiy taşabbuslar mintaqada barqaror rivojlaniş uçun yangi imkoniyatlar yaratdi.
Markaziy Osiyo beşligida Özbekistonning raisligi davrida biz quyidagi uçta ustuvor yönalişga alohida e’tibor qaratamiz: mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlaş, iqtisodiy integratsiyani çuqurlaştiriş va ekologik barqarorlikni ta’minlaş.
Oldimizda intaqamizni nafaqat barqaror, balki farovon qiliş uçun tarixiy imkoniyat turibdi. Işonç bilan ayta olamanki, biz bu salohiyatni birgalikda röyobga çiqarişga qodirmiz.
– Özbekistonda amalga oşirilayotgan qanday islohotlar Yevropa Ittifoqi bilan iqtisodiy hamkorlikni rağbatlantirişga xizmat qilmoqda va Markaziy Osiyo bilan aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş uçun YeI tomonidan qanday çoralar körilişi mumkin?
– Özbekistonda izçillik bilan qulay biznes muhitini yaratmoqdamiz, bozor institutlarini rivojlantirmoqdamiz va investitsiyaviy muhitni yaxşilayapmiz. Muhim qadamlardan biri xorijiy investorlar uçun “yagona darça” tizimi joriy etilgani, valuta bozori liberallaştirilgani, biznes uçun soliq yuki kamaytirilgani böldi.
Natijada mamlakatimiz va Yevropa Ittifoqi örtasidagi iqtisodiy hamkorlikda ijobiy sur’at kuzatilmoqda. 2024 yilda Özbekiston va Yevropa Ittifoqi davlatlari örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmi 6,4 milliard dollarga yetdi, bu ötgan yilga nisbatan 5,2 foizga köpdir. Mamlakatimizda Yevropa kapitali iştirokidagi 1 mingdan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda, investitsiya loyihalari hajmi esa 30 milliard yevroga yetgan. Yevropa Ittifoqi bilan Kengaytirilgan şeriklik va hamkorlik töğrisidagi bitimning imzolanişi savdo-investitsiya aloqalarini yanada çuqurlaştiriş uçun yangi imkoniyatlar oçişiga işonamiz.
Biz YeI bozoriga yuqori sifatli, ekologik toza va Yevropa standartlariga javob beradigan mahsulotlarni köproq yetkazib berişga tayyormiz. Bugungi kunda samarali transport-logistika yölaklarini rivojlantiriş ahamiyati ortib bormoqda va Markaziy Osiyo Yevropa bilan Osiyo örtasidagi şunçaki “köprik” emas, balki global iqtisodiy jarayonlarning faol iştirokçisiga aylanişi mumkin.
Şu ma’noda, biz Yevropa Ittifoqining “Global darvoza” strategiyasini mintaqadagi asosiy transport loyihalari bilan uyğunlaştirişni, Transkaspiy transport yölagini ilgari suriş böyiça “Harakatlar rejasi”ni birgalikda işlab çiqişni taklif etamiz. Bu investitsiyalar ortişi, infratuzilma rivoji va innovatsion texnologiyalarni joriy etişga yangi sur’at bağişlaydi.
Iqtisodiy boğliqlikni sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqiş uçun savdo tartib-taomillarini yanada soddalaştiriş, Markaziy Osiyo mahsulotlarining Yevropa bozoriga kiriş imkoniyatini yaxşilaş, texnik standartlar va sertifikatlarni uyğunlaştiriş zarur. Şu bilan birga, infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş, raqamli iqtisodiyot va innovatsion hamkorlikni rivojlantiriş jarayoniga Yevropa biznesini faol jalb qiliş muhim ahamiyatga ega.
Biz, şuningdek, Yevropa tiklaniş va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki va boşqa xalqaro moliya institutlari orqali moliyaviy kömak mexanizmlarini faollaştirişni qöllab-quvvatlaymiz. Yevropalik hamkorlar iştirokida kiçik va örta biznes rivoji uçun qulay şaroitlar yaratilişi mintaqa iqtisodiy barqarorligi va aholi farovonligini oşirişga xizmat qiladi.
– Markaziy Osiyo — energiya resurslariga boy va qayta tiklanuvçi energetikani rivojlantiriş uçun ulkan salohiyatga ega bölgan kam sonli mintaqalardan biri hisoblanadi. Qayta tiklanuvçi manbalardan foydalaniş böyiça keyingi tendensiyalar hisobga olinsa, mintaqangiz Yevropaning energetik barqarorligini ta’minlaşda qanday örin tutişi mumkin?
– Markaziy Osiyo nafaqat energiya resurslarini barqaror yetkazib berişni ta’minlay oladigan, balki uglerodni qisqartiriş böyiça global jarayonga ham katta hissa qöşa oladigan işonçli hamkorga aylanişi mumkin.
Markaziy Osiyo mamlakatlari iştirokida amalga oşirilayotgan Kaspiy va Qora dengiz orqali Yevropaga “yaşil strategik yölak” barpo etiş loyihasida hamkorlik uçun ulkan salohiyat mavjud. Uşbu loyihaning amalga oşirilişi özaro manfaatli energetik boğliqlikning mustahkam asosini yaratadi.
Qayta tiklanuvçi energetika sohasida hamkorlik qiliş uçun muhim institutsional platforma sifatida Toza energetika böyiça Markaziy Osiyo – YeI şerikligini taşkil etiş mumkin. Bu vodorod va ammiak kabi “yaşil” yoqilği, şuningdek, bioyoqilği işlab çiqariş va qazilma yoqilği örniga ulardan keng foydalaniş böyiça hamkorlikni yölga qöyiş imkonini beradi.
Ayni paytda Özbekiston va mintaqadagi boşqa davlatlar qayta tiklanuvçi energetika salohiyatini faol kengaytirmoqda. “Yaşil” energetika va iqlim sohasidagi loyihalarni amalga oşiriş Markaziy Osiyoda “uglerod kreditlari” bozorini rivojlantirişga xizmat qiladi. Bu mexanizm korxonalarga ekologik toza texnologiyalarga investitsiyalar jalb qiliş imkonini beradi, şuningdek, uglerod kvotalari savdosi sohasida xalqaro hamkorlik platformasiga aylanadi.
Masalan, faoliyat yuritayotgan 14 ta yangi quyoş va şamol elektr stansiyalariga qöşimça ravişda umumiy quvvati 24 ming megavatt bölgan 50 dan ortiq şunday loyihani amalga oşiriş niyatimiz bor.
Yaqin beş yilda qayta tiklanuvçi energiya manbalari uluşini 54 foizga yetkazişni rejalaştirganmiz. Bu issiqxona gazlari çiqişini qariyb 16 million tonnaga qisqartiriş imkonini beradi va Özbekiston Parij kelişuvi doirasida issiqxona gazlari çiqindisini 35 foizga kamaytiriş böyiça öz zimmasiga olgan majburiyatlarning muddatidan oldin bajarilişiga imkon beradi.
Yana bir muhim yönaliş energetika tizimlarini modernizatsiya qiliş bölib, bu ularning samaradorligini oşiradi va uglerod izini kamaytirişga xizmat qiladi.
– Bölajak sammitda xavfsizlik masalalari muhokama qilinişi istiqbollarini qanday baholaysiz? Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi örtasidagi hamkorlikning qaysi sohalari Siz uçun alohida ahamiyatga ega?
– Biz xalqaro munosabatlar tizimining çuqur transformatsiyasiga guvoh bölyapmiz. Dunyoda şunday keng kölamli özgarişlar röy bermoqdaki, ularning oqibatlarini hozirça aniq başorat qiliş muşkul.
Hududiy xavfsizlikni ta’minlaş Markaziy Osiyo mamlakatlari uçun har doim ustuvor yönaliş bölib kelgan va şunday bölib qolmoqda. Şu sababli, 2023 yilda biz Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlari örtasida bu sohadagi hamkorlikning yangi kun tartibini ekspertlar muhokamasiga olib çiqiş vazifasini qöydik.
Biz yaxşi tuşunamizki, bizning mintaqamiz ham, Yevropa Ittifoqi ham xavfsizlik sohasida, jumladan, terrorizm, ekstremizm va transmilliy jinoyatçilikka, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraş masalalarida umumiy tahdid va xatarlarga duç kelmoqda.
Şu nuqtai nazardan, Yevropa Ittifoqi bilan xavfsizlik sohasidagi hamkorlik özaro munosabatlarimizning asosiy yönalişlaridan biridir.
Bugungi voqeliklarni inobatga olgan holda, faqat mavjud dasturlar doirasidagi hamkorlikni davom ettiriş bilan çeklanib qolmay, kiberxavflar va ekstremizmga qarşi kuraşişga qaratilgan yangi taşabbuslarni işlab çiqiş ham muhim deb hisoblaymiz.
– Afğoniston Özbekiston taşqi siyosatining muhim yönalişlaridan biri bölib qolmoqda. Köplab davlatlar muvaqqat hukumat bilan hamkorlik qiliş hamda bu mamlakatni mintaqaviy va xalqaro hamkorlik jarayonlariga jalb etişdan özini tiyib turgan bir paytda Özbekiston janubiy qöşnisi bilan faol aloqalarni davom ettirmoqda.
Özbekistonning Afğonistonga bunday yondaşuvining sabablari nimada, bu masalada davlatlarimiz örtasida jadal hamkorlikni davom ettiriş istiqbollari qanday?
– Özbekistonning Afğonistonga nisbatan yondaşuvi har doim pragmatik va uzoq muddatli strategik tamoyillarga asoslanib kelgan. Biz heç qaçon qöşnimizdan yuz ögirmaganmiz, u bilan aloqalarni uzmaganmiz. Biz qöşni davlatlar, jumladan, uning yaqin va eng muhim hamkori sifatida Özbekiston bilan konstruktiv hamkorlik qilmasdan Afğonistonni rivojlantiriş imkonsiz, degan fikrga doim işonib kelganmiz.
Şuni alohida ta’kidlaş joizki, Afğonistonga nisbatan olib borayotgan siyosatimizni qöllab-quvvatlamaganlarning köpçiligi bugun uning töğriligi, muqobili yöqligiga tan olişga majbur bölişmoqda. Afğonistondagi avvalgi tuzum bir qator sabablarga köra hokimiyatni saqlab qololmasligiga amin edik. Bu sabablar qatorida avvalgi hokimiyatning mamlakat hududini töliq nazorat qilişga qobilsizligi, muxolifat bilan muloqotga tayyor bölmagani, inklyuziv hukumatni şakllantirişga intilmagani va davlat boşqaruvining barça darajalarida korrupsiya avj olganini keltiriş mumkin.
Hozirgi rahbariyat Afğonistondagi vaziyatni barqarorlaştirişga, öz resurslarini aeroportlar, içki temir yöl tarmoqlari, suv-energetika infratuzilmasini rivojlantirişga va köknor maydonlarini qisqartirişga yönaltirişga muvaffaq böldi. BMT ma’lumotlariga köra, “Tolibon” 2023 yilda giyohvand moddalar savdosini taqiqlaganidan söng, Afğonistonda köknor yetiştiriladigan yerlar 95 foizga kamaygan. Afğonistonda köknordan xoli kelajak barpo etiş maqsadida qişloq aholisiga yordam körsatilmoqda, qişloq xöjaligining muqobil yönalişlari rivojlantirilyapti.
Bugungi şaroitda biz Afğonistonga strategik imkoniyatlar nuqtai nazaridan qaraş zarur deb bilamiz. Uşbu mamlakatni xalqaro iqtisodiy jarayonlarga jalb etiş, xususan, uning hududida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşiriş juda muhim.
Şu ma’noda, biz Afğonistonga nafaqat mavjud inqirozdan çiqiş, balki uzoq muddatli rivojlaniş imkonini beradigan ijobiy kun tartibi va taşabbuslarni ilgari suriş uçun Yevropa Ittifoqi va boşqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda işlaşga tayyormiz. Hozirda birinçi galdagi vazifa — Afğonistonga ta’lim sohasida yordam berişni davom ettiriş, deb hisoblaymiz.
Işonçim komil, Afğonistondagi vaziyatni barqarorlaştiriş va mamlakatni tiklaş Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlarining umumiy manfaatlariga javob beradi.
– Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi qanday qilib iqlim xavflariga birgalikda qarşi turişi mumkin, bu sohadagi hamkorlik uçun qanday imkoniyatlar mavjud?
– Iqlim özgarişi – bu endi inkor etib bölmaydigan xatar. Markaziy Osiyo qurğoqçilik, muzliklar erişi va suv tanqisligi bilan yuzma-yuz kelayotgan bölsa, Yevropa anomal issiqlik, yonğinlar va ekotizimlar özgarişi bilan töqnaş kelmoqda.
Markaziy Osiyo iqlim özgarişiga nisbatan eng sezgir hududlardan biri sifatida öz mas’uliyatini töliq anglaydi va Yevropa bilan uzoq muddatli yeçimlar ustida hamkorlik qilişga tayyor.
Biz uçun sözsiz ustuvor yönaliş – bu Markaziy Osiyoda “yaşil” kun tartibini ilgari surişdir.
Samarqand sammiti doirasida biz “yaşil” rivojlaniş böyiça mintaqaviy konsepsiya loyihasini taqdim etişni rejalaştirganmiz. Unda tabiiy resurslardan oqilona foydalaniş va “yaşil” texnologiyalarni joriy etiş sohasida samarali mintaqaviy hamkorlikning mustahkam asosini yaratiş közda tutilgan.
Biz “YeI – Markaziy Osiyo yaşil şerikligi” dasturini rivojlantirişni taklif etamiz. Uning doirasida qayta tiklanadigan energiya manbalari, ekotizimlarni tiklaş va iqlimni raqamli monitoring qiliş böyiça loyihalarni moliyalaştirişda kuçlarimizni birlaştirişimiz mumkin.
Suv resurslarini tejaş sohasidagi sa’y-harakatlarni birlaştiriş muhim deb hisoblaymiz.
Bu borada Yevropa Ittifoqi bilan irrigatsiya infratuzilmasini modernizatsiya qilişdan tortib muzliklarni birgalikda kuzatiş va ilğor suv tejovçi texnologiyalarni joriy etişgaça bölgan yönalişlarda hamkorlik uçun katta imkoniyatlarni köryapmiz.
YeI bilan hamkorlikni kengaytirişdan, xususan davlat-xususiy şeriklik sohasida Yevropa tajribasidan foydalanişdan umidimiz katta.
Ustuvor yönalişlardan yana biri – ekotizimlar va bioxilma-xillikni tiklaşdir.
Tanazzulga uçragan yerlarni, şu jumladan Orolböyi hududini kökalamzorlaştiriş böyiça keng kölamli dastur – “Markaziy Osiyoning yaşil belboği” loyihasini allaqaçon boşlaganmiz.
Bu borada Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik qiliş uçun ulkan salohiyat mavjud.
Biz ekologik sohada ta’lim tizimini takomillaştiriş va ilmiy tadqiqotlar ötkazişga ham ustuvor e’tibor qaratyapmiz. Ötgan yili mintaqamizda birinçi “Yaşil” universitetni oçdik, bu ta’lim maskani qöşma tadqiqotlar ötkaziş va innovatsiyalarni joriy etiş uçun samarali maydon bölib xizmat qilişi mumkin.
– Bölajak oliy darajadagi uçraşuvdan nimalar kutyapsiz? Sammit yakunida qanday natijalarga erişilişini istardingiz?
– Bölajak sammit haqiqatan ham tarixiy ahamiyat kasb etadi, çunki birinçi marta Markaziy Osiyoning beşta mamlakati va Yevropa Ittifoqi yetakçilari bir joyda töplanadi.
Biz bu sammit Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi örtasidagi munosabatlarni rivojlantirişda yangi sahifa bölişini kutamiz. Keyingi yillarda hamkorligimiz sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarildi.
Siyosiy muloqot yanada çuqurlaşadi, hamkorligimizga yanada tizimli tus beradigan, uni uzoq muddatli maqsadlarga yönaltiradigan yangi mexanizmlar işlab çiqiladi, deb umid qilamiz. Mintaqalararo hamkorlik, ayniqsa, iqtisodiyot, savdo, energetika va transport sohalaridagi hamkorlikni muhokama qiliş sammit kun tartibidagi muhim masalalardan biri böladi.
Samarqand deklaratsiyasining imzolanişi sammitning asosiy natijalaridan biri bölişi kerak. Bu hujjat tomonlarning strategik şeriklik örnatişga bölgan umumiy intilişini aks ettiradi. Deklaratsiya nafaqat erişilgan kelişuvlarni mustahkamlaydi, balki mintaqalarimiz örtasidagi aloqalarni çuqurlaştiriş uçun asos yaratadi.
Biz investitsiyaviy hamkorlikni kengaytiriş, qöşma infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş, innovatsiyalar va raqamli yeçimlarni qöllab-quvvatlaş böyiça aniq kelişuvlarga erişişdan umidvormiz.
Albatta, köplab savollarga sammit yakunida javob topiladi. Biroq hozirdan aytiş mumkinki, bu uçraşuv Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo örtasida barqaror, özaro manfaatli şeriklikni barpo etiş yölidagi muhim qadamga aylanadi. Bu şeriklik umumiy manfaatlar, işonç va birgalikdagi taraqqiyotga intilişga asoslangan böladi.
– Sizda Yevropa yetakçilari va fuqarolariga bitta muhim fikrni yetkaziş imkoniyati bölganda, nima degan bölar edingiz?
– Bugungi imkoniyatdan foydalanib, yevropalik hamkorlarimizga murojaat qilmoqçiman.
Markaziy Osiyo muloqot va hamkorlikni kengaytirişga oçiq. Biz barqaror rivojlaniş va xalqlarimizning farovonligini oşirişga xizmat qiladigan, özaro manfaat va işonçga asoslangan konstruktiv hamkorlik tarafdorimiz.
Biz Yevropa Ittifoqining mintaqa oçiqligini ta’minlaş, uning ravnaqi va sub’yektligini mustahkamlaşga qaratilgan intilişlarimizni qöllab-quvvatlayotganini yuksak qadrlaymiz. Ayniqsa, Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyoni barqaror va jadal rivojlanayotgan, barça manfaatdor tomonlar bilan oçiq va teng huquqli şeriklikka tayyor bölgan mintaqaga aylantirişdek maqsadimizda biz bilan hamfikr ekani juda muhimdir.
Bölajak sammit munosabatlarimizda muhim bosqiç böladi. Samarqanddagi uçraşuv natijalari hamkorligimizni yanada rivojlantiriş uçun yangi istiqbollar oçişiga işonamiz.