Rossiyada Ukrainaga qarşi uruşda öt oçişni töxtatişga rozi böliş uçun «psixologik dedlayn» bor. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp 30 mart, yakşanba oqşomida prezidentning Air Force One samolyoti bortida jurnalistning Moskva öt oçişni töxtatişga rozi bölişi yoki bölmasligini hal qilişi uçun muddat bormi, degan savoliga javoban aytib ötdi.

The Hill internet naşri Oq uy rahbarining sözlaridan iqtibos keltirgan: «Bu psixologik dedlayn. Agar oyoğimizdan tortib, vaqtni çözişyapti deb öylay boşlasam, bundan xursand bölmayman».

Trampning Zelenskiyni tanqid qilişi 

Şu bilan birga, Tramp, uning fikriça, Rossiya AQŞni aldamayotganini va Rossiya prezidenti Vladimir Putin «kelişuvga erişmoqçi»ligini qöşimça qildi. AQŞ prezidenti Tramp mineral resurslar böyiça AQŞ bilan bitim tuzişdan qoçişga urinayotgan Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiyni tanqid qilişda davom etdi.

«Agar u (Volodimir Zelenskiy) şunday qilsa, u muammolarga duç keladi. Katta muammolarga, - deya ta’kidladi Tramp. - Biz nodir yer metallari böyiça kelişuv tuzdik, endi u, yaxşi, bilasizmi, men şartnomani qaytadan muhokama qilmoqçiman, dedi. U NATOga a’zo bölişni xohlaydi. Uning NATOga a’zo bölişi heç qaçon rejalaştirilmagan. U buni tuşunadi. Demak, agar kelişuvni qayta körib çiqmoqçi bölsa, u katta muammoga duçor böladi».

30 mart kuni Donald Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusida Putindan Ukrainada yangi rahbar bölişi kerak degan taklifi uçun «juda ğazablanganini» aytdi. Şu bilan birga, Tramp agar Moskva Ukrainaga qarşi uruşni tugatiş uçun muzokaralar stoliga ötirişga rozi bölmasa, Rossiya neft sektoriga qarşi yangi sanksiyalar qöllaş bilan tahdid qilgan.