Germaniya, Fransiya, Italiya, Polşa, Ispaniya va Buyuk Birtaniya taşqi işlar vazirlari, şuningdek, Yevropa diplomatiyasi rahbari qöşma bayonot e’lon qilib, «Rossiyaga bosim ötkazişni davom ettirişga» tayyor ekanliklarini bildirdi. Madriddagi uçraşuv yakunlari böyiça e’lon qilingan bayonot Germaniya TIV saytiga joylaştirilgan.
Unda «Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini sözsiz qöllab-quvvatlaş», şuningdek, BMT nizomi va xalqaro huquq tamoyillariga asoslangan «adolatli va mustahkam tinçlik» haqida söz boradi. Yevropa davlatlari vakillari qayd etişiça, Ukraina dastlabki şartlarsiz öt oçişni töliq töxtatişga roziligini bildirib, tinçlik örnatiş tarafdori ekanini namoyon qilgan, ammo «Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzi töxtagani yöq». Bayonot mualliflarining fikriça, Rossiya «yangi şartlar qöyiş va Ukraina şaharlari hamda infratuzilmasiga hujumlarni davom ettiriş» örniga «uruşni tugatişga jiddiy yondaşayotganini» körsatişi kerak.
Şuningdek, yuqoridagi davlatlar Ukrainaga qisqa va uzoq muddatli harbiy yordam körsatişni davom ettirişga tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan.
«Biz mavjud barça vositalardan foydalangan holda, jumladan, yangi sanksiyalarni qabul qiliş orqali Rossiyaga bosim ötkazişni davom etişga tayyormiz… Tinçlik adolatli bölişi kerak va Rossiyaning tajovuzi bosqinçining mukofoti bilan yakunlanişi kerak emas», — deyiladi bayonotda.
Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Polşa va Buyuk Britaniya, şuningdek, «Ukrainaning harbiy hamda mudofaa sanoatini çeklovçi» biror kelişuvni qabul qilmasliklarini ma’lum qildi.
EUobserver ma’lumotlariga köra, Yevroittifoq Rossiyaga qarşi sanksiyalarning 17-paketi ustida iş boşlagan. Yevropalik diplomatlardan birining aytişiça, sanksiyalar yoz boşida joriy etilişi mumkin.









