Yakşanba kuni Donald Tramp NBC News telekanaliga bergan intervyusida Oq uyda uçinçi muddatga saylanişini istisno qilmadi.

«Köpçilik şunday qilişimni xohlaydi, – dedi Tramp NBC News uçun intervyuda. – Ammo men ularga uzoq yölni bosib ötiş kerakligi, bunga hali erta ekanini aytyapman».

Jurnalistning aniqlik kiritiş uçun hazillaşmayapsizmi, deya berilgan savoliga javoban Tramp hazillaşmayotganini aytgan. Ammo yana bir bor bu haqda öylaşga hali juda erta ekanini qöşimça qilgan.

Tramp Konstitutsiyadagi 22-tuzatişni qanday qilib aylanib ötmoqçi ekani haqidagi savolga ham u mujmal qilib javob qaytargan. «Buni amalga oşiriş mumkin bölgan metodlar mavjud, buni siz bilasiz», – degan Tramp. NBC News jurnalisti hozirgi vitse-prezident Jyey Di Vens prezidentlikka nomzodini qöyib, keyin vakolatlarni Trampga topşirişi mumkin bölgan ssenariy haqida söraganida, davlat rahbari bu ehtimoliy usullardan biri ekanini aytdi. «Ammo boşqa ssenariylar ham bor», – deya qöşimça qildi Tramp. 

Tramp uçinçi muddat haqida avval ham gapirgan. U bu haqda dastlab 2016 yilgi saylovoldi kampaniyasi davridayoq aytgan, keyin esa saylanganidan keyin ham bu mavzuga qayta-qayta murojaat qilgan. 2020 yil kuzida, özining birinçi prezidentlik muddati oxirida Tramp ğalaba qozonsa, uçinçi marta ham nomzodini qöyişini bir neça bor ta’kidlagandi.

Bu intervyu ortidan Tramp ham, uning kongressdagi tarafdorlari ham uçinçi muddat haqidagi gaplarning hammasi hazil ekani, bu gaplar «demokratlarni ğazablantiriş» uçun aytilganini gapira boşlaşdi. Ammo 2020 yilda ham köpçilik bu bayonotlarga jiddiy yondaşiş kerak deb hisoblagan. «Prezident öz tarafdorlarining ehtimoliy reaksiyasini tekşirib, ularni aynan şunday ssenariyga jiddiy tayyorlayotganga öxşaydi», – deydi Vaşingtondagi Brukings instituti katta eksperti Marvin Kalb BBC rus xizmatiga.

2025 yil yanvar oyida Trampning kongressmenlar orasidagi tarafdorlari ham bu borada öz takliflarini bera boşlagandi. Xususan, Tennessi ştatidan saylangan kongressmen Endi Ogls Vakillar palatasining Konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi qöşma rezolyutsiyasini taqdim etgandi. U 22-tuzatiş matnini quyidagiça özgartirişni taklif qilgan: «Heç bir şaxs uç martadan ortiq prezidentlikka saylanişi mumkin emas, şuningdek, ketma-ket ikki muddatga saylanganidan keyin qöşimça muddatga saylanişi mumkin emas». Bu taklif, bir tomondan, Trampning 2028 yilda qayta saylanişiga qaratilgan bölsa, boşqa tomondan, prezidentlik lavozimini qatorasiga ikki bor egallagan Barak Obamaning yöliga tösiq qöyadi.