55 yoşli Buker duşanba kuni keçqurun senat minbariga çiqib, jismoniy holati imkon bergunça öşa yerda qolişini aytdi. U 25 soat-u 5 daqiqadan keyingina nutqini yakunladi. Bu Senat tarixidagi eng uzoq davom etgan uzluksiz nutq böyiça rekord böldi. AP News qayd etişiça, Bukerga demokrat hamkasblari yordam qilişgan, ular unga savollar berib, tin oliş imkonini bergan.

Oxirgi marta rekord 68 yil oldin Janubiy Karolina ştatidan saylangan respublikaçi senator Strom Termond tomonidan örnatildi. Öşanda u Fuqarolik huquqlari töğrisidagi qonunga tösqinlik qiliş maqsadida 24 soat-u 18 daqiqa davomida nutq sözlagan edi.

Jonli translatsiya qilingan nutq boşlanişidan avval Buker bu çiqişini Tramp va Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Maskning «qonun ustuvorligi, Konstitutsiya va Amerika xalqi ehtiyojlariga töliq e’tiborsizlik» körsatgani bilan izohladi.

Buker öz nutqida Amerika xalqi va Amerika demokratiyasiga tahdidlar jiddiy ekanini ta’kidlab partiyadoşlarini qat’iyatlilikka çaqirdi. Xususan, u Ilon Mask boşçiligidagi Davlat boşqaruvi samaradorligi departamenti (DOGE) tomonidan ijtimoiy ta’minot sohasida amalga oşirilayotgan qisqartirişlarni tanqid qildi.

«AQŞ prezidenti atigi 71 kun içida amerikaliklarning xavfsizligi, moliyaviy barqarorligi va demokratiyamizning asosiy prinsiplariga şunçalik katta ziyon yetkazdiki… Bu Amerika uçun odatiy vaqtlar emas. Ular AQŞ Senatida ham şunday baholanmasligi kerak», – dedi Buker.

Siyosatçi öz nutqida taşqi siyosat masalasiga ham töxtalib ötdi. Jumladan, u Donald Trampni NATOni zaiflaştirişda, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan moyillikda va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga «diktator» deb atalgan noörin bayonotlari uçun tanqid qildi, şuningdek, saylovçilarning Trampning Grenlandiya va Kanadaga da’volari yuzasidan xavotirlarini bildirdi.

Kori Buker Vaşingtonda tuğilgan, Nyu Jyersida ösgan. Uning aytişiça, oilasi irqiy kamsitişga duç kelgan, jumladan, ota-onasi uy sotib olmoqçi bölganida tösiqlarga uçragan.

Buker Stenfordda futbol öynagan, Yyel universitetida huquqşunoslikni örgangan va kam ta’minlangan oilalarga yordam beruvçi advokat sifatida işlagan. Keyinçalik Nyuark (Nyu Jyersining eng yirik şahri) şahar hokimi va AQŞ senatori bölgan.

2013 yilda u Senatga navbatdan taşqari saylovda ğalaba qozondi, keyin esa 2014 va 2020 yillarda töliq muddatlarga saylandi. 2020 yilda u prezidentlik saylovida iştirok etdi, ammo uning kampaniyasi muvaffaqiyatga erişmaydi.