Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqealar va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomamizda taniştiramiz.

Isroillik deputat Ğazoni «tozalaş»ni talab qildi

Isroilning «Likud» partiyasi vakili Amit Halevi Ğazo sektori töliq işğol qilinişi va «duşmanlardan tozalanişi» kerakligini bildirdi. U «agar bunday qilinmasa ğazoliklar farzandlaringizni yana öldiradi, nabiralaringizni öğirlaydi», deya ogohlantirgan.

Haleviga köra, «özaro kelişuv yöq, otaşkesimga yetarliça asos ham yöq». U Ğazoni bosib oliş va u yerda nazoratni tiklaşni muhim, deb atadi.

Eslatib ötamiz, Isroil uzoq muzokaralar natijasida erişilgan otaşkesim kelişuvini buzib, Ğazodagi uruşni 18 mart kuni qayta boşlagan edi. Şundan beri kamida 921 nafar falastinlik halok bölgan. Uruş boşlanganidan buyon qurbonlar soni 50 mingdan oşgan.

Isroil 2 martdan Ğazoga barça yordamlarni töxtatib, anklavni yana guruçsiz va oziq-ovqatsiz qoldirdi. BMT ma’lumotiga köra, aholining 90 foizi oçlik yoqasida.

Isroil «Hizbulloh» qömondonini öldirdi

Livanning janubi va poytaxtidagi Isroil aviahujumlari natijasida «Hizbulloh» guruhining yuqori lavozimli qömondoni Hasan Ali Budayr va uning öğli halok böldi.

Bu haqda «Hizbulloh» bayonot berdi. Şuningdek, Livan Soğliqni saqlaş vazirligi bombalaşlar natijasida yana 4 kişi, jumladan, bir ayol halok bölgani, yana 6 nafar fuqaro yaralanganini ma’lum qildi.

Isroil armiyasi rasmiylari ham havodan zarbalar berilganini tasdiqlab, hujumlar Bayrutning janubida «faol terrorçilar»ga qarşi amalga oşirilganini bildirdi.

Bu zöravonlik 28 mart kuni Livandan Isroilning şimoliga qarata raketalar uçirilganidan söng boşlandi. Javob tariqasida Isroil aviatsiyasi Livanning bir neçta nuqtasiga zarba berdi. Vaziyat yana keskinlaşmoqda.

Eron yadroviy qurolga ega bölişi bilan ogohlantirdi

Eron oliy rahbarining maslahatçisi Ali Larijoniy AQŞ yoki uning ittifoqçilari tomonidan hujum bölsa, Tehron yadroviy qurol yaratişga majbur bölişini bildirdi. Bu haqda u davlat televideniyesi orqali çiqiş qildi.