Amerikalik aktyor Vel Kilmer 1 aprel kuni Los-Anjyelesda vafot etdi. «Betmen abadiy», «Dorz» va «Top Gan» filmlari yulduzi 65 yoşda edi.
Aktyorning qizi Mersedes Kilmer New York Times naşriga ma’lum qilişiça, ölim sababi pnevmoniya bölgan.
Kilmer 1959 yil 31 dekabrda Los-Anjyelesda örta sinfga mansub oilada tavallud topgan. 17 yoşida u Nyu Yorkdagi nufuzli Julyard maktabiga kirib, akademiyaning öşa vaqtdagi eng yoş talabalaridan biriga aylanadi.
Vel Kilmer kinodagi karerasini 1984 yilda, Jim Abrahams va aka-uka Tsukerlarning «Mutlaqo maxfiy!» nomli parodiya komediyasida boş qahramon – Şarqiy Germaniyadagi festivalda iştirok etiş uçun borgan amerikalik rok-qöşiqçi rolini öynaş orqali boşlaydi.
1988 yilda fentezi janridagi «Uillou» filmini suratga oliş jarayonida Kilmer britaniyalik aktrisa Joan Uolli bilan tanişadi. Ular öşa yiliyoq turmuş qurişgan. Juftlik 1996 yilda ajraşadi, ularning ikki farzandi bor — Mersedes Kilmer va Jon Uolles «Jyek» Kilmer.
1991 yilda Kilmer yana rok-yulduz rolini öynaydi, bu safar — Oliver Stounning afsonaviy The Doors guruhi yetakçisi biografiyasi bölgan «Dorz» filmida Jim Morrisonni. Kastingdan oldin Kilmer Morrisonning önlab qöşiqlarini örgangan hamda rejissyorga sahnada 1960-yillar yulduzi qöşiqlarini qanday ijro etgani aks etgan videoyozuvni olib kelgan. Filmning özida aktyor Morrisonning qöşiqlarini özi aytgan, The Doors guruhining sobiq musiqaçilari esa har doim ham Kilmerning vokalini originalidan ajrata olişmaganini tan olişgan.
Kilmer 90-yillarning qator jangari filmlari, trillerlari va vesternlarida suratga tuşgan: «Yurak gumburlaşi» (Thunderheart, 1992), «Tumstoun: yovvoyi ğarb afsonasi» (Tombstone, 1993), «Arvoh va zulmat» (The Ghost and the Darkness, 1996) hamda «Avliyo» (The Saint, 1997). «Olişuv»da (Heat,1995) u Robert de Niro va Al Paçino bilan, «Doktor Moro oroli»da (The Island of Dr. Moreau, 1996) — Marlon Brando bilan birga işlagan.

Warner Bros. Pictures/Sunset Boulevard/Corbis via Getty Images
Biroq, Kilmer uçun eng maşhur rol Joel Şumaxerning «Betmen abadiy» filmidagi Bryus Ueyn va uning alter egosi Betmen edi. Film kassada muvaffaqiyat qozondi, ammo tanqidçilar tomonidan turliça baholangan.
Kilmerning boşqa bir taniqli roli — leytenant Tom «Aysmen» Kazanski «Eng yaxşi mergan» (Top Gun, 1986) bölgan, u Tom Kruz ijrosidagi uçuvçi «Meverik»ning raqibi rolini öynagan.














