Hujjat bilan Özbekiston prezidentining yoşlar bilan 2025 yildagi oçiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oşirişga doir çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Kreativ industriya parki va uning hududlardagi filiallari, uşbu filiallarda kreativ soha vakillarini öqitadigan biznes maktablar taşkil etiladi. Park faoliyatini boşqariş Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi muassisligida taşkil etiladigan Kreativ industriya parklari direksiyasi tomonidan amalga oşiriladi.

2025 yil 1 maydan 2031 yil 1 yanvargaça kreativ park rezidentlariga quyidagi soliq imtiyozlari joriy etiladi:

  • ijtimoiy soliqni hamda jismoniy şaxslardan olinadigan daromad soliğini 50 foiz kamaytirilgan stavkada tölaş;
  • rezidentlarni tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan daromadi miqdoridan qat’i nazar aylanmadan olinadigan soliq tölovçilar toifasiga kiritiş. Bunda rezidentlar öz istagiga binoan umumbelgilangan soliq soliş tartibiga ötişlari mumkin.

Kreativ industriya sub’yektlarini kreativ park rezidentligiga qabul qiliş hamda tegişli rezidentlarga imtiyozlarni qöllaş şartlari qonunçilik hujjatlari bilan belgilanadi.