Şu munosabat bilan Oq uy Moskva va Kiyevga bosim ötkazişning yangi mexanizmlarini işlab çiqmoqda.
Fox News telekanali jurnalisti Jyeki Haynrix ma’lum qilişiça, Tramp Vladimir Putindan norozi va Rossiya prezidenti muzokara jarayonini qasddan çözayapti, deb hisoblaydi. Haynrixning ma’lumotlariga köra, Oq uy Rossiyaning neft eksportga qöyilgan çeklovlarni çetlab ötişiga yordam berayotgan «xufyona floti»ga nisbatan qattiq sanksiyalar joriy etiş imkoniyatini körib çiqmoqda.
Reuters manbalari ham bu ma’lumotlarni tasdiqlamoqda: Vaşingtonda Kreml AQŞ bosimiga qattiq qarşilik körsatayotgani va murosaga bormaslikda davom etayotgani tan olinmoqda. Şu munosabat bilan AQŞ hukumati Rossiyani öz pozitsiyasini qayta körib çiqişga majburlaş uçun qanday iqtisodiy yoki diplomatik çoralar köriş mumkinligini muhokama qilmoqda, deb yozadi agentlik.
Şu bilan birga, Reuters manbalari ta’kidlaşiça, Oq uyda tinç yöl bilan hal etiş böyiça ehtimoliy ssenariylardan heç biri endi mutlaqo real deb qaralmayapti. Bu Vaşingtonning xavotirlarini kuçaytirmoqda — uç yildan ziyod davom etayotgan uruş noma’lum muddatga çözilişi mumkin, Ukraina esa Ğarbdan yanada köproq harbiy va moliyaviy yordamga muhtoj böladi.
1 aprel kuni jurnalistlar oldida çiqiş qilgan Oq uy matbuot kotibasi Kerolayn Levittning ta’kidlaşiça, Tramp ham Putin, ham Zelenskiydan umidini uzgan. «Prezident bu mojaro imkon qadar tezroq yakunlanişini istaydi. Har ikki tomonda odamlar halok bölayapti va uruş juda çözilib ketdi. Bizning jamoa Rossiya va Ukraina tomonlari bilan hamkorlikni davom ettirmoqda», — dedi Levitt.
30 mart kuni Tramp Putin Zelenskiyning siyosiy legitimligini şubha ostiga olganidan qattiq norozi ekanini bildirdi va agar Moskva tinçlik kelişuviga rozi bölmasa, Rossiya nefti eksportiga 25 foizli ikkinçi darajali bojlar joriy qiliş bilan tahdid qildi.
Saylovoldi kampaniyasi davomida Tramp Ukrainadagi mojaroni 24 soat içida tugatişga va’da bergandi, ammo Oq uyga qaytgandan söng uşbu muddatlar sezilarli darajada uzaytirildi. 2025 yil fevralida Financial Times naşri Ğarb va Ukraina amaldorlariga tayanib, Tramp va Putin öt oçişni töxtatiş imkoniyatini Pasxa (bu yil 20 aprelga töğri keladi) yoki 9 may arafasida körib çiqayotganini ma’lum qilgandi.









