Qömitaning tegişli buyruği bilan tayyor ovqat va boşqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma beriş va yetkazib beriş agregatori xizmati bozorida «Uzum Tezkor» ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb topildi.

«Qömita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatori faoliyatini raqobat töğrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq, ustun mavqeni suiiste’mol qiliş holatlarining oldini oliş maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarşi komplayens tizimi joriy etiladi va tegişli tartibda monitoring ötkazib borilişi ma’lum qilinadi», deyiladi rasmiy xabarda.

Avvalroq, 2024 yil oktyabrida tayyor ovqat va boşqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma beriş va yetkazib beriş agregatorlari bölgan «Yandex Eats» va «Express24» ham ustun mavqega ega deb topilgandi.