Oq uy Grenlandiyani AQŞ hududi sifatida nazoratga oliş hukumatga qançaga tuşişini hisob-kitob qilmoqda. Bu haqda uç nafar manbasiga tayanib The Washington Post xabar berdi.
Gazetaning ikki suhbatdoşi ma’lum qilişiça, Oq uy budjet boşqarmasi xodimlari Grenlandiya qölga kiritilganida uni uşlab turiş, jumladan, orolning 58 ming aholisiga davlat xizmatlarini körsatişga qança mablağ sarflanişini hisoblaşga urinmoqda. Şuningdek, Oq uy AQŞ Grenlandiyaning tabiiy resurslardan qança daromad olişi mumkinligini tuşunişga harakat qilyapti.
WP’ning yozişiça, variantlardan biri Grenlandiya hukumatiga Daniyadan köra foydaliroq bitim taklif qilişni nazarda tutadi — Daniya har yili oroldagi xizmatlarni taxminan 600 million dollar miqdorida subsidiyalaydi.
«Agar biz Grenlandiyani qölga kiritsak, AQŞ uçun xarajat va foyda qanday bölişi mumkinligi haqida munozara ketmoqda», — deydi Oq uydagi manba. Uning sözlariga köra, xarajatlarning tahlili «grenlandiyaliklar ovoz berib, buni qöllab-quvvatlaydigan ssenariy asosida olib borilmoqda».
Ma’lumotlarga köra, Tramp ma’muriyati Amerika jamoatçiligini hukumat Grenlandiyadagi xarajatlarini foydali qazilmalar qazib olişdan olinadigan «royalti» va tijoriy faoliyatdan tuşadigan soliqlar orqali qoplay olişiga işontirişga urinmoqda. Biroq Grenlandiyaning mineral resurslaridan olinadigan aniq iqtisodiy foyda hali ham noma’lum. Foydali qazilmalarni qazib oliş jarayoni haqida oldindan biror nima deb bölmaydi, şuningdek, mintaqaning sovuq iqlimi bu jarayonni yanada murakkablaştiradi. Bundan taşqari, Grenlandiya hukumati ilgari ba’zi foydali minerallarni qazib oliş loyihalarini rad etgan.
Grenlandiyaning AQŞga qöşilişi böyiça muhokamalar Tramp prezidentlikka kelişi bilan, hatto uning inauguratsiyasidan oldin boşlangan. U Grenlandiyaga egalik va uni nazorat qiliş «mutlaq zaruriyat» ekanini ta’kidlagan va buni milliy xavfsizlik bilan asoslagan. Grenlandiya boş vaziri Mute Egede esa bunga javoban «Grenlandiya sotilmaydi», degan. Tramp bu reja haqida özining birinçi prezidentlik muddati davomida ham gapirgandi, biroq öşanda uning taklifiga rad javobi berilgan.
Trampning rejalari Daniyada ham xavotir uyğotmoqda, ammo AQŞ prezidenti Grenlandiyani «100 foiz qölga kiritişiga» işonç bildirmoqda. 28 mart kuni Grenlandiyaga AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens taşrif buyurgandi. Pittufikdagi Amerika harbiy bazasida çiqiş qilgan Vens AQŞ «harbiy kuç qaçondir zarur bölişi haqida öylamayotganini» aytgan. «Biz Grenlandiya aholisi öz taqdirini özi belgilaş yöli orqali Daniyadan mustaqil bölişga qaror qiladi deb öylaymiz, şundan söng biz Grenlandiya xalqi bilan muzokaralar olib boramiz», — degan Vens.









