Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Germaniyada Fridrix Mers kansler bölganidan söng Berlin Kiyevga TAURUS uzoq masofali qanotli raketalarni yetkazib berişiga umid bildirdi. Ukraina rahbari bu sözlarni 1 aprel, seşanba kuni Kiyevda Germaniya taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Annalena Berbok bilan bölib ötgan matbuot anjumanida aytdi.

«Biz buning ustida işlaymiz, muzokaralar olib boramiz. Tafsilotlarga kelsak, yangi kansler saylanganda va u yangi vazirlar mahkamasiga ega bölganda, şundan keyingina bu savolga javob bera olaman», — dedi Zelenskiy. Nemis jurnalistining TAURUS yetkazib berilişidan umidvormi yoki yöqmi, degan aniq savoliga Ukraina prezidenti şunday javob berdi: «Ha, albatta. Umid qilyapman».

Berbok xuddi şu savolga yaqin kelajakda Taşqi işlar vazirligi rahbari lavozimini tark etişini va şuning uçun bölajak hukumatning qadamlari uçun javobgar böla olmasligini aytdi. U Mersning uşbu mavzu böyiça oldingi bayonotlariga e’tibor berişga çaqirdi.

Avvalroq Germaniyada bölib ötgan parlament saylovlarida ğalaba qozongan Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqlari konservativ bloki yetakçisi Mers bir neça bor Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib beriş tarafdori bölgan edi. U muxolifat yetakçisi sifatida Germaniya sotsial-demokratik partiyasidan kansler Olaf Şolsni Ukraina Qurolli kuçlariga uşbu turdagi qurollarni berişdan boş tortgani uçun tanqid qildi.