Toşkent viloyati Böstonliq tumanidagi Oqsoqota soyidan noqonuniy ravişda qum-şağal qazib olganlar aniqlandi.
Viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi xabariga köra, reyd davomida fuqarolar soyning oqim böylab çap tarafidan davlat raqami yeçib olingan yuklagiç yordamida qum-şağal aralaşmalarini MAN yuk maşinasiga heç qanday ruxsatnomasiz yuklab berayotgani aniqlangan.
Holat böyiça suriştiruv jarayonida haydovçilar uşbu joydan qum-şağal aralaşmalarini qazib olişni bir fuqaroning oğzaki topşiriğiga asosan toş maydalaş sexiga olib borib tökayotgani va sexning nomini bilmasligini ma’lum qilgan.
Voqea joyida Böstonliq tuman IIB YPX xodimi jalb qilinib, yuk taşuvçi avtotransport vositasi vaqtinçalik jarima maydonçasiga joylaştirilgan.
Huquqbuzarlar uşbu harakatlari bilan «Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida»gi va «Yer osti boyliklari töğrisida»gi qonun talablarini buzgan.
Holat böyiça tabiatga 4 mlrd 504 mln 378 ming söm miqdorida zarar yetkazilgan, töplangan hujjatlar Böstonliq tumani prokuraturasiga yuborilgan.









