Duşanba kuni Tojikistonning Xöjand şahrida Tojikiston, Özbekiston va Qirğizistonning davlat çegaralari tutaşgan nuqtasi töğrisidagi şartnoma imzolandi. Ötgan oyda tojik-qirğiz çegarasi böyiça ham şartnoma tuzilgandi. Ayni kunlarda esa MO prezidentlari Samarqandda bölib turibdi – MO–YeI sammiti ötkazilmoqda. Kun.uz mintaqaning özgarayotgan manzarasi haqidagi savollar bilan siyosatşunoslarga yuzlandi.
Suhbatdoşlarimiz – Farhod Tolipov, Kamoliddin Rabbimov va Musulmon Hurramov böldi.
— Global vaziyat nuqtayi nazaridan ham, mintaqadagi hamkorlarimiz bilan aloqalar nuqtayi nazaridan ham, sönggi yarim yilda Markaziy Osiyoda vaziyat qanday özgardi?
Farhod Tolipov: Global geosiyosiy jarayonlar Markaziy Osiyo mintaqasiga ham ta’sir qildi. Rossiyalik ayrim tarixçi yoki siyosatçilar tomondan ritorik şaklda bosimlar ham böldi. Özbekiston prezidenti ham öz çiqişlarida katta davlatlar manzilidan bizga qarata “tomoningni tanla” qabilidagi bosimlar bölganini aytgan edi. Şu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlarining özaro munosabatlari ham öziga yaraşa ijobiy qadamlar bilan şakllanişda davom etmoqda. Ötgan yilning avgust oyida Qozoğistonda bölib ötgan oltinçi maslahatlaşuv uçraşuvining natijasi ham mintaqa integratsiya jarayonining qançalik murakkab davom etayotganini körsatyapti.
Şu bilan birga, Özbekiston rahbarining qöşni davlatlar bilan norasmiy uçraşuvlari ham köpaydi va bu ham integratsiya uçun ildam harakatlar bölayotganini körsatadi.
Kamoliddin Rabbimov: Global geosiyosiy kontekst, albatta, Markaziy Osiyodagi muhitga ta’sir qiladi.
Ayni vaqtda ikkita omilni aytiş mumkin. Birinçidan, Rossiya–Ukraina uruşida Moskvaning qöli baland kelayotgani mintaqa mamlakatlarini xavotirga soldi, lekin rasmiylar bu haqda oçiqça gapirmaydi. Status va pozitsiya jihatdan, MO davlatlari Ukraina suverenitetini hurmat qilib, tan oladi, lekin Rossiya mintaqaning beş davlati uçun ham asosiy savdo şerigi. Şu fonda MO davlatlari özaro hamkorligini kuçaytirişga urğu beryapti.
Ikkinçidan, AQŞ hokimiyatiga Trampning qaytgani butun dunyo geosiyosatini qalqitdi. Agar e’tibor bersak, Tramp dunyodagi köplab liderlarni tanqid qiladi, lekin Putinni emas. Ayni vaqtdagi AQŞ rahbarining özi dunyoda yangi hududlarni qöşib oliş haqida gapiryapti. Trampning Kanada va Grenlandiya manzillariga aytilgan gaplari Putin ritorikasining kattaroq şakldagisi deyiş ham mumkin.
MO taşqi siyosatida uçta vektor bor edi: Xitoy, Rossiya va kollektiv Ğarb. Lekin bugun kollektiv Ğarbning özi ikkiga bölindi: AQŞ va Yevropa. Mana şu fonda Ğarbning aksariyat liderlari Putin bilan kelişişga urinayotgan vaqtda, MO uçun ham oson bölmaydi.
— Özbekiston va Tojikiston örtasida ittifoqçilik töğrisidagi munosabatlar kuçga kirdi. Bu tomonlarga qanday majburiyat va imkoniyatlar beradi?
Musulmon Hurramov: Tomonlar örtasida çegara masalasining hal etilgani juda katta ahamiyatga ega. Tojikiston bilan ön yil oldingi munosabatlarimiz juda bir sovuq holatda edi. Şunga qaramay Özbekiston Tojikiston uçun mintaqada eng muhim davlat sifatida körilgan. 2015 yilda Tojikiston taşqi siyosat konsepsiyasida ham Özbekiston uçun alohida band kiritgan va rasmiy Toşkent bilan munosabatlarga alohida urğu bergan. Çunki 2021-2022 yil tojik-qirğiz çegarasida ziddiyat paydo bölganda Qirğiziston hattoki temiryöl, avtomobil yöllarini yopgan. Tojikistonning taşqi dunyoga çiqişi uçun esa Özbekiston juda muhim mamlakat.
Integratsiya nazariyasiga köra, uning oltita bosqiçi bor, oxirgi daraja siyosiy ittifoq bilan tugaydi. Özbekiston qanday maqsad qöygan degan savolga ham töxtalsak. Özbekiston-2030 strategiyasida taşqi siyosat masalalarga bağişlangan qismlari bor. Uning 91-bandida Markaziy Osiyoda tovar, kapital, işçi kuçi va xizmatlarni erkin harakatlantirişga bosqiçma-bosqiç erişiş qayd etilgan.
Suhbat davomida ekspertlar mintaqa integratsiyasi yölidagi bir qator aktual masalalarga töxtalib ötişdi. Suhbatni töliq holda YouTube sahifamizda tomoşa qilişingiz mumkin.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.
















