Donald Trampning AQŞ importiga sezilarli bojlar joriy etişini e’lon qilişi butun xalqaro savdo tizimini tubdan özgartiradi. Kanada boş vaziri Mark Karni 2 aprel, seşanba kuni şunday baho berdi.
«Prezident Tramp hozirgina xalqaro savdo tizimini tubdan özgartiruvçi bir qator çora-tadbirlarni e’lon qildi», — dedi siyosatçi Kanada telekanallariga bergan izohida. U «tariflarga qarşi javob çoralari bilan kuraşişga» va’da berdi.
AQŞning yangi tariflari Kanada va Meksikaga tatbiq etilmaydi, deya ma’lum qildi Oq uy. Biroq, ilgari joriy qilingan tariflar uşbu mamlakatlar uçun amal qilişda davom etmoqda.
Bundan taşqari, Karnining ta’kidlaşiça, Kanada iqtisodiga barça avtomobillar va ehtiyot qismlarni Qöşma Ştatlarga import qiliş uçun yangi 25 foizlik yiğim katta ta’sir körsatadi.







