Binyamin Netanyahu Vengriyaga davlat taşrifi bilan keldi, mamlakat Haagadagi Xalqaro jinoiy sud yurisdiksiyasini tan oladi. U avvalroq Isroil boş vazirini hibsga olişga order bergan edi.
Netanyahuning Budapeşt aeroportidagi suratlari 3 aprel, payşanba kuni uni kutib olgan Vengriya mudofaa vaziri Kristof Salay-Bobrovnitski tomonidan Facebookʼda e’lon qilindi.
21 noyabr kuni XJS Netanyahu va Isroilning sobiq mudofaa vaziri Yoav Galantni Isroilning Ğazo sektoridagi harbiy harakatlari uçun hibsga oliş uçun order berdi. Vengriya boş vaziri Viktor Orban bu harakatni keskin qoralab, Netanyahuni Budapeştga taklif qilişga va Haaga talabini e’tiborsiz qoldirişga va’da berdi.
1 aprel kuni "Ozodlik radiosi"ning Vengriya xizmati Vengriya adliya vaziri Bens Tujonga tayanib, Budapeşt xorijlik diplomatlarni XJSdan çiqişi haqida xabardor qilganini bildirdi. Jurnalistlarning hisob-kitoblariga köra, butun jarayon bir yilga çözilişi mumkin. Vengriya 2001 yilda XJSning Rim statutini imzolagan.









