«2025 yil 2 aprel kuni Irkutsk oblasti hududida rejali parvozni amalga oşirayotgan Tu-22M3 samolyoti halokatga uçradi. Samolyot ekipaji tarkibidagi tört kişi katapultadan foydalanişga ulgurgan. Ekipaj komandirining ma’lumotiga köra, yerga tuşiş çoğida bir nafar uçuvçi halok bölgan», — deyiladi rasmiy bayonotda.

Hodisaga texnik nosozlik sabab bölgan, deb ma’lum qildi Irkutsk oblasti gubernatori Igor Kobzev. Uning sözlariga köra, samolyot Boxan rayonidagi Buret qişloği yaqinida yerga qulagan.

Samolyot qulaş çoğida elektr uzatiş liniyalarini şikastlagan. Buning oqibatida yaqin atrofdagi ikki posyolkada elektr ta’minoti uzilgan.

Tu-22M3 — ğarbda Backfire nomi bilan tanilgan, qanot geometriyasi özgaradigan, Sovet Ittifoqi davrida yaratilgan tovuşdan tezuçar bombardimonçi. U yadroviy qurol va qanotli raketalar taşiş qobiliyatiga ega bölib, Rossiyaning strategik aviatsiyasida muhim örin tutadi. Bunday samolyotlarning bir donasi 330 mln dollarga baholanadi.

Şu bilan birga, sönggi yillarda uşbu turdagi samolyotlar bir neça bor halokatga uçragan. Xususan, 2024 yil avgust oyida xuddi şu mintaqa hududida şunday samolyot havoda dvigateli yonib ketişi natijasida qulagan edi. Öşanda ham tört nafar uçuvçi katapultadan foydalanganidan keyin soğ-salomat topilgandi.

Bugungi voqea Tu-22M3 samolyotlarining işonçliligi haqidagi savollarni yanada keskinlaştirmoqda. Çunki bu turdagi uçoqlarning köpçiligi 40 yildan ziyod vaqt mobaynida foydalanişda.