Rossiyadan yana 11 nafar ukrainalik bolalar öz vatanlariga qaytişdi. Bu haqda 2 aprel, çorşanba kuni Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Telegramʼdagi kanalida ma’lum qildi.

«Qutqarilganlar orasida 10 va 12 yoşli ikki aka-uka ham bor, ularning otasi ukrainaparast pozitsiyasi uçun qiynoqqa solinganidan keyin vafot etgan. Uning ölimidan söng, onasi öğillari bilan vaqtinça işğol qilingan hududni tark etişga qaror qildi. 2 yoşli bola ham homilador onasi bilan birga evakuatsiya qilindi. Ayol Rossiya hujjatlarini olişdan prinsipial ravişda boş tortgan va şuning uçun okkupatsiyadan mustaqil tarzda keta olmagan. Ukraina nazorati ostidagi hududda ayol boşqa farzandini dunyoga keltirdi», — deb yozgan Yermak.

Xuddi şu ma’lumotlar 2 aprel kuni Ukrainaning Bring Kids Back UA onlayn-platformasida e’lon qilindi. Uning ma’lumotlariga köra, qaytib kelgan bolalar 2 yoşdan 17 yoşgaça bölgan.