Özbekiston prezidenti «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» birinçi sammitidagi nutqida mintaqaviy xavfsizlik va Afğoniston bilan hamkorlik masalasiga ham töxtaldi.

«Xavfsizlikka nisbatan umumiy tahdidlar, xususan, terrorizm, ekstremizm, radikalizm, kiberjinoyatçilik, narkotrafik va noqonuniy migratsiyaga qarşi kuraşişda hamkorlik tobora dolzarb bölib bormoqda.

Yevropalik şeriklarimizning terrorizmga qarşi kuraşiş masalalari böyiça muloqotni yölga qöyiş haqidagi taklifini qöllab-quvvatlaymiz», degan davlat rahbari.

BOMCA va CADAP dasturlari doirasida özaro amaliy hamkorlikni kengaytiriş muhim hisoblanişi qöşimça qilingan.

Şuningdek, Özbekiston prezidenti mamlakat Afğonistonda tinç taraqqiyotni ta’minlaş masalalari böyiça siyosiy maslahatlaşuvlarni davom ettirişga tayyorligini bildirdi.

«Afğonistonni tinç rivojlantiriş masalalarida siyosiy maslahatlaşuvlarni davom ettirişga tayyormiz. Ming afsuski, jahon hamjamiyati uşbu mamlakat hududidan kelib çiqadigan barça tahdidlarni yetarliça baholay olmayapti.

Afğon tomonini mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga, jumladan, investitsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oşiriş, ijtimoiy sohani qayta tiklaş yöli bilan faol jalb etiş zarur, deb hisoblaymiz. Qabul qilingan majburiyatlarni bajariş uçun xalqaro hamjamiyatning amaldagi afğon hukumati bilan konstruktiv muloqot örnatiş muhimligini tuşunişi va qöllab-quvvatlaşiga umid qilamiz», degan Şavkat Mirziyoyev.

Özbekiston rahbari sözining yakunida taşabbus va kelişuvlarni amalga oşiriş mexanizmlarini joriy etiş muhimligini alohida qayd etgan.

Şu munosabat bilan, «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» formatida boş vazir örinbosarlari darajasida har yili uçraşuvlari ötkazib boriladigan Şeriklik qömitasini ta’sis etiş maqsadga muvofiqligi aytilgan.

«Barçangizga oçiq, işonçli va konstruktiv muloqot uçun yana bir bor çuqur taşakkur izhor etaman.

Işonçim komilki, Yevropaning yetakçi institutlari va moliya taşkilotlari rahbarlari Markaziy Osiyoning umumiy pozitsiyaga ega ekaniga, işonçli va mas’uliyatli şerik sifatida keng kölamli hamkorlikka tayyor ekaniga amin bölişdi.

Barçangizni ikki mintaqa örtasida strategik şeriklik örnatiş töğrisida tarixiy qaror qabul qilinişi bilan tabriklayman.

Erişilgan barça kelişuvlar va ilgari surilgan taşabbuslarni amalga oşiriş uçun Sammit kotibiyatiga, ekspertlar bilan birgalikda, bir oy muddatda, biz işçi tartibda tasdiqlaşimiz mumkin bölgan “Yöl xaritasi”ni tayyorlaş taklifini bildiraman», deya çiqişini yakunlagan Özbekiston rahbari.