Özbekistonda “Leapmotor” brendiga tegişli yengil avtomobillar importiga qöyilgan çeklov qayta körib çiqiladi. Bu haqda Kun.uz’ga Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Inspeksiyaga köra, “Leapmotor” korxonasiga qöyilgan çeklov yuzasidan muzokaralar davom etmoqda. Yaqin kunlarda uşbu kompaniya mutaxassislari Özbekistonga taşrif buyurişi rejalaştirilgan. Ular iştirokida mahsulot sinovi qayta ötkaziladi.

Özbekistonda Xitoyning “Leapmotor” brendi ostidagi yengil avtomobillarni sertifikatlaş uçun arizalar qabuli töxtatilgani xabar qilingandi. Bunga şu brendga tegişli S16 avtomobilida aniqlangan kamçilik sabab sifatida keltirilgan.

Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspeksiyasining mazkur transport vositasida hosil böladigan elektromagnit şovqin darajasi ruxsat etilgan çegaradan 16 barobar yuqori ekanini ma’lum qilgan.

Jamoatçilik vakillari bu harakatni mahalliy işlab çiqaruvçilar uçun bozorni tozalaşga uriniş deb baholamoqda.