Unda Özbekistonda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oşiriş masalalari xususida fikr almaşildi.
Malayziya kompaniyasi rahbari mamlakatda mahalliy göştni qayta işlaş orqali "halol" standartlari asosida oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş hamda kiçik gidroelektr stansiyalarini quriş loyihalarini amalga oşiriş imkoniyatlarini jiddiy körib çiqayotganini ma’lum qildi.
Şaxzeli bin Şaxzulkaribning aytişiça, Özbekiston kelajakda Markaziy Osiyoda "halol" mahsulotlar habiga aylanişi hamda mamlakatimizda "halol" standartlari asosida mahsulotlar işlab çiqariş istiqbolli bölişi mumkin.
"Kompaniyamiz taşabbusi bilan Özbekistonda "halol" göşt mahsulotlarini qayta işlaş loyihasini amalga oşiriş maqsadida Perak Halal Corporation Sdn Bhd davlat kompaniyasi hamda Ramly Food Processing Sdn Bhd, CP Food Malaysia kabi xususiy "halol" oziq-ovqat kompaniyalari bilan konsorsium tuziş böyiça kelişuv işlab çiqilmoqda", dedi u.
Şuningdek, CB Synergy kompaniyasi direktorlar kengaşi raisi Ng Su Bun Özbekistonda mavjud daryo va kanallarda suv oqimidan oqilona foydalangan holda kiçik gidroelektr stansiyalarini quriş loyihasini mahalliy hamkorlar bilan birga amalga oşirişga tayyorligini bildirdi.
Uçraşuv yakunida belgilangan loyihalarni amalga oşiriş istiqbollarini örganiş uçun kompaniya rahbariyatining Özbekistonga safarini taşkil etişga kelişib olindi.








