Qozoğiston Germaniyaga neft yetkazib berişni oşirmoqda: mart oyida Germaniyaga eksport hajmi 150 mingga yetdi, deya xabar beradi «Interfaks-Kazaxstan» agentligi 3 aprel, payşanba kuni "Kaztransoyl" ma’lumotlariga tayanib. Fevral oyining özida Qozoğistondan Germaniyaga neft eksporti hajmi 100 ming tonnani taşkil etgandi.

2025 yilda Qozoğiston «Drujba» neft quvuri orqali Germaniyaga 1,2 million tonna neft eksport qilişni rejalaştirmoqda. Ötgan yili Qozoğiston Germaniyaga "Özen-Atirau-Samara" magistral neft quvuri orqali, söngra "Transneft" magistral neft quvurlari tizimi orqali "Adamova Zastava" yetkazib beriş punktiga 1,5 million tonna neft yetkazib berdi.

«Kaztransoyl» Qozoğistondagi eng yirik neft transport kompaniyasi bölib, umumiy uzunligi 7600 kmdan ortiq bölgan magistral neft va suv quvurlari tarmoğiga egalik qiladi hamda mamlakatda işlab çiqarilgan neftning qariyb 60 foizini eksport va içki bozorga taşiydi. Davlat «Kazmunaygaz» milliy kompaniyasi orqali «Kaztransoyl»ga egalik qiladi.