O‘zbekiston | 08:52 / 04.04.2025
10939
1 daqiqa o‘qiladi

“Tashabbusli budjet”da 33 ta loyiha qo‘shimcha g‘olib deb topildi  

“Tashabbusli budjet”ning 2025 yilgi 1-mavsumi yakunlariga ko‘ra g‘olib bo‘la olmagan 33 ta loyiha uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi qayd etishicha, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlari tomonidan g‘olib bo‘lmagan navbatdagi loyihalarni moliyalashtirish uchun mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan 7,5 milliard so‘m ajratilib, 33 ta loyiha qo‘shimcha ravishda g‘olib deb topildi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlariga mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha tarzda g‘olib loyihalarni e’lon qilish vakolati berilgan.

“Tashabbusli budjet” jarayonining 2025 yilning 1-mavsumi uchun ovoz berish yakunlariga ko‘ra, 3,2 trillion so‘mlik 2 369 ta loyiha g‘olib deb topilgandi. 

Jarayonlarda mamlakat bo‘ylab jami 10 million 450 mingta ovoz berildi.

Mavzuga oid

E`lonlar