AQŞning Global media agentligi (USAGM) 3 aprel, payşanba kuni "Ozod Yevropa radiosi/Ozodlik radiosi"ning rus tilidagi eşittirişlarini translatsiya qiluvçi sun’iy yöldoş xizmatlarini öçirib qöydi. «Biz bugun işga keldik va Rossiyani qamrab olgan sun’iy yöldoş xizmatlari USAGM tomonidan öçirilganini aniqladik», dedi "Ozod Yevropa radiosi/Ozodlik radiosi" ijroçi direktori Stiven Kapus AFP'ga.

Qaror «Nastoyaşçeye Vremya» telekanalining Rossiya, Ukraina, Markaziy Osiyo, Şarqiy Yevropa va boşqa mintaqalarga 24 soatlik efiriga ta’sir körsatdi. Kapusning sözlariga köra, Rossiya Federatsiyasidagi tomoşabinlar endi öz ekranlarida qizil fonda quyidagi yozuvni körişmoqda: «Şuni afsus bilan xabar qilamizki, Amerika Qöşma Ştatlarining Global media agentligi «Nastoyaşçeye Vremya» translatsiyasini töxtatişga qaror qildi». USAGM hozirça hodisaga izoh bermadi.

25 mart kuni Vaşingtondagi federal okrug sudi AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati va USAGM boş direktori Kari Leykning "Ozod Yevropa radiosi/Ozodlik radiosi" media korporatsiyasini moliyalaştirişni töxtatiş haqidagi qarorini vaqtinça blokladi. Sudya Roys Lambert hukm ijrosi "Ozod Yevropa radiosi/Ozodlik radiosi"ga tuzatib bölmaydigan zarar yetkazadi, degan xulosaga keldi. «USAGM rahbariyati bir ibora bilan va heç qanday asossiz "Ozod Yevropa radiosi/Ozodlik radiosi"ni prezident buyruq bergan bölsa ham, faoliyatini töxtatişga majburlay olmaydi», — dedi u.

2025 yilning oktyabrigaça "Ozodlik radiosi" AQŞ federal hukumatidan mediakompaniya faoliyati uçun Kongress tomonidan ajratilgan yana 77 million dollar olişi kutilmoqda. "Ozod Yevropa radiosi/Ozodlik radiosi" 1953 yilda taşkil etilgan mustaqil media korporatsiyadir. Uning işi Donald Tramp Oq uyga qaytganidan söng xodimlari qisqartirilgan Global media agentligi orqali AQŞ Kongressi tomonidan ajratilgan mablağlar hisobidan moliyalaştiriladi.