Prezident Donald Tramp «çeksiz muzokaralar tuzoğiga tuşmaydi», dedi AQŞ davlat kotibi Marko Rubio NATO taşqi işlar vazirlarining 4 aprel, juma kuni Bryusselda bölib ötgan yiğilişidan söng. "Rossiya tinçlikni istayotgani yoki aksinça niyatda ekanini tez orada, oylar emas, balki haftalar içida bilib olamiz", - dedi u. Agar mojaro tarafi tinçlikdan manfaatdor bölsa, u harbiy harakatlarni töxtatadi va oqilona talablar qöyadi, deb ta’kidladi Rubio. «Bu aqldan ozgan talablar emas, oqilona şartlar bölişi kerak», deb qöşimça qildi Davlat departamenti rahbari.

Marko Rubio, şuningdek, agar rus qöşinlari Ukrainada yangi hujum uyuştirsa, «şundan keyin ular tinçlikni xohlaydimi yoki yöqmi, ma’lum böladi», dedi. «Agar bu bölmasa, biz siyosatimizni özgartirişimiz uçun buni oldindan bilişimiz kerak», deb tuşuntirdi u. Davlat kotibining sözlariga köra, aynan Rossiya tomoni avvalroq Ukrainada öt oçişni töliq töxtatişdan boş tortgan. Uning aniqlik kiritişiça, AQŞ Kongressi allaqaçon Moskvaga qarşi qöşimça sanksiyalar töğrisidagi qonun loyihasi ustida işlay boşlagan va Vaşington tomonidan bosimni kuçaytirişga va’da bergan.

Amerika diplomatiyasi rahbari, şuningdek, Qöşma Ştatlar Rossiya-Ukraina uruşida keng qamrovli öt oçişni töxtatişga zudlik bilan erişişni töğriroq deb bilişini ta’kidladi. Biroq, uning aytişiça, Vaşington Qora dengizda öt oçişni töxtatiş va energetika obektlariga zarbalarni bas qiliş ğoyasi ustida işlaşga rozi bölgan, çunki uning fikriça, bu ham «oldinga siljiş hisoblanadi». «Har ikki tomon ham bu sulh buzilayotganiga işonişi aniq, bu şunday çeklangan otaşkesimlarga xosdir», dedi davlat kotibi.