Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo yetakçilari ilk marta bir stol atrofiga töplandi. Rossiyani yon berişga köndirolmagan AQŞ tezkor sulhdan umidini uzdi. Tramp “alamini” tariflardan oldi va butun dunyoga savdo uruşi oçdi. Zelenskiy esa Putinni rozi qilişning yölini aytdi. Xitoy Tayvan atrofida harbiy maşğulotlar boşladi. Fransiyada Le Pen öyindan çiqdi.

Joriy haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

Samarqand sammiti

Iqtisodçi Şuhrat Rasulning sözlariga köra, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoga köproq e’tibor qarata boşlaşi – AQŞ izolyatsionizmi davrida ittifoqning özini töla mustaqil sub’yekt, alohida qutb sifatida köra boşlagan paytda töğri kelmoqda.

“Markaziy Osiyo uçun Yevropa Ittifoqi bugungi kunda ikkinçi savdo hamkoriga aylanyapti. Lekin umumiy savdo aylanmalari mintaqaning beş davlati bilan ham yuqori raqamlarda deb bölmaydi. MOda Qozoğiston yevropaliklar bilan savdo hajmida yetakçilik qilmoqda. Qozoğistonning özi ötgan yili Yevropa Ittifoqi bilan 50 milliard yevro savdo aylanmasiga erişgan. Bu borada Özbekiston Qozoğistondan keyingi örinni egallagan. Prezident Şavkat Mirziyoyev Euronews naşriga bergan intervyusida 2024 yil YeI bilan savdo aylanmasi 6,4 milliard dollarni taşkil etganini aytdi. Bu, albatta, Qozoğiston savdosidan ança kam, lekin Markaziy Osiyodagi boşqa davlatlarga qaraganda karrasiga katta.

Eng muhimi, sönggi uç yillik raqamlarga e’tibor bersak, Özbekiston YeI bilan savdo hajmini yiliga ön bir yoki ön ikki foizga östirişga erişyapti”, – deydi Şuhrat Rasul.

Siyosiy tahlilçi Abduvali Soyibnazarov masalani ikkita kontekstda körib çiqiş kerakligini aytadi: geosiyosiy va har ikkala tomonning iqtisodiy qiziqişlari. Rossiya–Ukraina uruşi fonida MO va YeI manfaatlari özaro mos kelyapti. Yevroittifoq taşqi savdoda Rossiyaning örnini töldirişga muhtoj.

“Yana bir omil esa – mintaqaning Rossiya–Xitoy örtasida joylaşgani va MOni bu ikki qudrat bosimlari ostida qoldirmaslik uçun muqobil vektor böla olişlik. Undan taşqari, YeI Markaziy Osiyoning yerosti va yerusti boyligini ham asosiy öringa qöyadi, ya’ni xomaşyo masalasi. Törtinçi masala Fransiya va Germaniyaga öxşaş mamlakatlarda köplab atom elektrostansiyalarining mavjudligi. Yaqin paytlargaça bu davlatlar uranni asosan Rossiya Federatsiyasidan olgan. Hozirgi geosiyosiy raqobat şaroitida Rossiyaga qarşi sanksiyalar tufayli uşbu davlatlar Markaziy Osiyo bilan hamkorlikka e’tiborini kuçaytirdi. Çunki Töqayev ta’biriça Qozoğiston dunyo uranining qariyb 40 foizini qazib çiqaradi va reytingda birinçi, Özbekiston ham bu sanoatda yetakçilardan, dunyo reytingida beşinçi örinda qayd etilgan.