Bu haqda Reuters Citi banki iqtisodçisi Mişel Nis tahliliga tayanib xabar bermoqda.

Isroil Işlab çiqaruvçilar uyuşmasi rahbari Ron Tomer bojlar mamlakat iqtisodiy barqarorligiga putur yetkazişi, xorijiy sarmoyalarni qaytarib yuborişi, AQŞ bozorida Isroil kompaniyalarining raqobatbardoşligini pasaytirişi hamda ikki davlat örtasidagi savdo va sarmoyaviy munosabatlarni ortga surişini bildirdi.

«Uşbu qaror uzoqqa çözilmaydi, deb umid qilamiz va işonamiz. Bizning maqsadimiz — moliya va iqtisodiyot vazirliklari bilan hamkorlikda buni bekor qiliş», — dedi Tomer.

Seşanba kuni Isroil hukumati AQŞdan keltiriladigan import mahsulotlariga qolgan bojlarni bekor qildi. Bu orqali Tramp ma’muriyati tomonidan va’da qilingan yangi bojlarning oldini oliş yoki kamaytiriş közda tutilgan edi.

Biroq bu çoralar yetarli bölmadi — AQŞ Isroilga nisbatan 17 foizlik bojlar joriy etdi. Bu köplab boşqa davlatlar uçun belgilangan 10 foizdan ham yuqori.

Isroil Moliya vazirligi vakilining Reuters agentligiga ma’lum qilişiça, bu bojlar Isroildan çiqariladigan stanok va tibbiy uskunalar eksportiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin. Şu sababli mamlakat Tramp ma’muriyatidan boj stavkasini 10 foizdan oşirmaslikni söraşi lozim, deyiladi.