Yaponiyaning Kawasaki kompaniyasi Osaka-Kansai Expo 2025 körgazmasida Corleo robot-ot konsepsiyasini taqdim etdi. Kompaniya uni şaxsiy harakatçanlikning kelajagi va ajoyib qobiliyatga ega inqilobiy yöltanlamas deb atadi.
Qurilma vodorodli dvigatel va manzilni aniqlab, barqarorlikni ta’minlaydigan sun’iy intellekt (SI) bilan jihozlangan.
Corleo törtta robot oyoqqa ega bölib, bunda orqa oyoqlar oldingi oyoqlardan mustaqil ravişda yuqoriga va pastga harakatlana oladi. Uşbu dizayn yuriş va yugurişda harakatlarni samarali barqarorlaştiriş imkonini beradi. Qurilma çavandozning oğirligini siljitiş orqali boşqariladi.
«Bu şunçaki transport vositasi emas, balki har qanday relefda harakatlana oladigan, hatto qorli toğlardan sakrab ötadigan tört oyoqli yöltanlamas», deyiladi Kawasaki xabarida.
Kompaniya robot-ot imkoniyatlarini namoyiş qiluvçi videorolikni e’lon qildi. Körinişidan, video qurilmaning funksionalligini aniq ifodalaş uçun neyrotarmoq yordamida yaratilgan.
Tört oyoqning barçasi maxsus kauçukli «tuyoqlar» bilan jihozlangan bölib, ular notekislikdan samarali ötadi va sirpanişga juda çidamli. Yana bir diqqatga sazovor xususiyat - vodorod darajasi, navigatsiya ma’lumotlari, tortişiş markazining pozitsiyasi va boşqa muhim ma’lumotlarni aks ettiruvçi asboblar paneli.
Hozirça bu kompaniya tomonidan taqdim etilgan barça ma’lumotlar. Tezlik va avtonomiya haqidagi ma’lumotlar oşkor etilmagan. Kawasaki robot-otni 2050 yilgaça çiqarişni reja qilmoqda.









